Bugun, 15 sentabr kuni soat 16:50 da «M-25» konining 604-sonli quduğida söndiriş jarayoni tugatildi. Bu haqda Kun.uz'ga Eriell kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Sentyabr oyi boşida vodorod sulfid gazi sizib çiqqan «Mustaqillik-25» konida ayni damda 604-sonli quduqni söndiriş jarayoni öz nihoyasiga yetdi.

Şu maqsadda sizib çiqişga qarşi uskunaning qöşimça bloki qurildi va örnatildi. Söndiriş uçun quduq oğzini tayyorlaş va boğlaş jarayoni ötkazildi. Quduq germetiklandi va söndirildi.
 
Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etiş jarayoni maxsus taşkil etilgan ştab nazorati ostida amalga oşirildi. Vaziyatni professional baholaş maqsadida voqea joyiga Özbekiston, şuningdek, Rossiya va AQŞ ekspertlarining taşrifi taşkil etildi.

Ta’kidlaş joizki, hodisa oqibatlarni bartaraf etiş davomida aholi uçun heç qanday xavf bölmagan», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, barça zarur çora-tadbirlar Oçiq neft va gaz favvoralarning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça Özbekiston harbiylaştirilgan qismi, Özbekiston Respublikasi FVV va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan.

Işlar barça zarur texnika va uskunalar bilan töliq ta’minlangan holda olib borilgani qayd etilgan.

«Hodisa boşidan barça zarur çoralar körilgan. Xususan, atrofda joylaşgan aholi punktlarida havo muhitini ölçaş va monitoring qiliş uçun maxsus postlar örnatildi. Tahlillar şuni körsatdiki, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oşib ketiş holatlari kuzatilmayapti.

Şuningdek, burğilaş qurilmasining işçi maydonini tozalaş işlari amalga oşirildi va yakunlandi, tayanç maydon maxsus texnika va uskunalarni töliq örnatiş va foydalaniş uçun tayyorlandi.

Şuni qöşimça qilamizki, «Mustaqillik-25» konini özlaştiriş alohida murakkabligi bilan ajralib turadi, bu yerda xalqaro tajribadan foydalaniladi va kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari köriladi, şu jumladan xodimlarga doimiy yöl-yöriq körsatiladi. Uglevodorodni qazib oliş tobora murakkablaşib bormoqda, bu esa doimiy ravişda yangi tajriba va könikmalarni talab qiladi», deyilgan xabarda.

1 sentabr kuni Surxondaryoning Boysun tumani «Kölqamiş» mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qaraşli 604-son quduqda burğilaş işlarini olib boriş vaqtida texnologik jarayonning buzilişi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi çiqişi boşlangan edi.

2 sentabrga ötar keçasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi quduq yaqinidagi aholi evakuatsiya qilingani, vaziyat töliq nazoratga olingani, vahimaga örin yöqligi haqida bayonot berdi. Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan voqea joyiga bir guruh mas’ullar, xususan, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov yetib bordi.

Keyingi kunlar davomida rasmiylar tomonidan kon va quduqdagi vaziyat böyiça biror axborot berilmadi. Gaz sizib çiqişini töxtatiş uçun esa ikki haftadan ortiqroq vaqt ketdi.