Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç muddatli harbiy xizmat ötaşni qayta tiklaşga oid hujjatni imzoladi. «Umid qilamanki, barçangiz bizga kuçli armiya kerakligini, köproq qurol işlab çiqarişimiz va sotib olişimiz zarurligini tuşunasiz», — deya Vuçiç öz qarorini izohladi.

Qayd etilişiça, mamlakatda muddatli harbiy xizmat 75 kun davom etadi va erkaklar uçun majburiy böladi. Şuningdek, köngilli ayollar ham muddatli harbiy xizmatni ötaşi mumkin. «Biz heç kimga hujum qilmoqçi emasmiz. Bunday qilmaymiz. Ammo biz har kuni tinmasdan bizga tahdid qilayotganlarni qörqitib qöymoqçimiz», — deydi Vuçiç.

Serbiyada majburiy muddatli harbiy xizmati 2011 yilda bekor qilinib, professional armiyaga e’tibor qaratilgan. Prezident bayonotidan oldin mamlakatda 2025 yildan muddatli harbiy xizmat qayta joriy etilişi mumkinligi haqida boş vazir Miloş Vuçeviç ham ma’lum qilgandi. Vuçiçning qarori kuçga kirişi uçun u hukumat va parlament tomonidan ma’qullanişi kerak.

Serbiya — Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod hisoblanadi, ammo bu Belgradga Moskva bilan aloqalar örnatişiga tösqinlik qilmayapti. 4 sentabr kuni Serbiya boş vaziri örinbosari Aleksandar Vulin Vladivostokda ötkazilgan Şarqiy iqtisodiy forumda Vladimir Putin bilan uçraşib, mamlakatga Rossiya gazini yetkazib beriş böyiça şartnomani yangilaş taklifini bergan edi.

Yevropa Ittifoqi Vulinning Putin bilan uçraşuvini qoraladi, ammo Serbiya boş vaziri Miloş Vuçeviç bunda «heç qanaqa dahşatli narsani» körmayotganini ma’lum qildi. «Biz Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzmaganmiz, uning vakillari bilan uçraşiş heç kimga taqiqlanmagan», — deydi Vuçeviç.