Mikroblarga qarşi preparatlarga çidamli bakteriyalar zamonaviy soğliqni saqlaş tizimi uçun jiddiy muammo hisoblanadi. Prognozlarga köra, 2050 yilga kelib, bunday bakteriyalar bilan boğliq ölimlar soni qariyb 40 million kişiga yetişi mumkin. Bu haqda Lancet jurnalida e’lon etilgan tadqiqotda aytiladi.

“Umumiy hisobda, 2025-2050 yillar oraliğida asosiy ssenariyimiz böyiça 39,1 million (33,0-46,0) ölim holati antibiotiklarga çidamli bakteriyalar ta’siriga boğliq bölişi mumkin, bundan taşqari ularga u yoki bu tarzda aloqador 169 million (145-196) ölim ham prognoz qilinmoqda”, — deb ta’kidlangan tadqiqotda.

Xavf-xatar eng yuqori bölgan hududlar qatoriga Lotin Amerikasi, Karib havzasi mamlakatlari va Janubiy Osiyo kiritilgan.

Mualliflarning ma’lumotlariga köra, 2021 yilda bunday bakteriyalarning bevosita ta’siri tufayli 1 milliondan ortiq ölim holati qayd etilgan bölib, umumiy hisobda ular bilan boğliq ölimlar soni 5 millionga yaqinni taşkil etgan.

Tadqiqot davomida 1990 yildan 2021 yilgaça bölgan davr örganildi. Ma’lum bölişiça, şu vaqt mobaynida beş yoşgaça bölgan bolalar orasida antimikrob preparatlariga çidamli bakteriyalardan ölim holatlari kamaygan, biroq 70 yoşdan oşgan kişilar orasida bu körsatkiç ortgan.

Prognozlar amalga oşişiga yöl qöymaslik uçun profilaktik çoralar köriş, yangi vaksinalarni işlab çiqiş, tibbiy yordam sifatini yaxşilaş va antibiotiklardan oqilona foydalanişni rağbatlantiriş, zarur deb ta’kidlamoqda tadqiqot mualliflari.

Avval Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 2050 yilga kelib antibiotiklarga çidamli bakteriyalar sabab yillik ölim körsatkiçi 10 million kişiga yetişi mumkinligini ta’kidlagandi.

Bunday bakteriyalarning tarqaliş xavfi, birinçi navbatda, antibiotiklarni notöğri va haddan taşqari köp qöllaş bilan boğliq. Xususan, odamlar zarur bölmagan holatlarda antibiotiklarni qabul qilganda yoki belgilangan dozalarga rioya etmaganda, xavf oşadi.

Ikkinçidan, bunga ayrim şifokorlarning bilimsizligi sabab böladi: ular noma’lum infeksion kasalliklarning sababini aniqlamasdan, har qanday holatda antibiotiklar buyurişi mumkin. Uçinçi omil qişloq xöjaligida antibiotiklarning köpinça veterinarlar nazoratisiz keng qöllanilişidir. Çidamli bakteriyalar hayvonlardan odamlarga ötadi.