Yangi tadqiqot natijalariga köra, inson jasadlarining burun töqimalarida mayda plastik parçalari va tolalar topildi, deb xabar beradi CNN.

Mikroplastik zarralari hid biliş ildizidan — miyaning hidlarni ajratişga javob beradigan qismida aniqlangan. «Bu yergan tuşgan zarralar miyaning boşqa sohalariga ham tarqalişi mumkin», — deydi Berlin universitetining mikoplastika böyiça tadqiqotçisi Luis Fernando Amato-Lourenso.

Olimning qöşimça qilişiça, mikroplastik zarralari ölçami juda kiçik bölgani bois boş va orqa miyani taşqi ta’sirdan himoyalab turuvçi membrana — gemato-ensefalik barerdandan ötib ketişga qodir.

«Bu haqiqatda qiziq tadqiqot. Öylaymanki, plastik tanamizning har bir qismida mavjud. Bu şunçaki hozirça isbotlanmadi», — deydi Ratgers universitetining farmakologiya va toksikologiya kafedrasi dotsenti Fibi Steplton.

Yaqinda ötkazilgan bir qator tadqiqotlar inson miya töqimalarida, moyaklar, qon, öpka va jigar, siydik va najas, ona suti va yöldoşda mikroplastik hamda nanoplastiklar topilgan. Mart oyida ötkazilgan tadqiqot uyqu arteriya töqimalarida mikroplastik yoki nanoplastik mavjud odamlarning keyingi uç yil içida yurak xuruji, insult yoki har qanday sababdan ölimga duçor böliş ehtimoli ikki baravar yuqori ekanini körsatgan.

JAMA Network Open jurnalida e’lon qiligan yangi tadqiqotda keltirilişiça, 15 nafar murdaning sakkiztasini nafas oliş organidan topilgan mikroplastiklar ölçami 5,5 mikrometrni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, inson soç tolasining qalinligi 80 mikrometrga teng.