Oxirgi beş yil içida, 2020 yildan 2023 yilgaça bölgan davrda dunyoda demokratik saylov körsatkiçlari yomonlaşgan mamlakatlar soni uşbu körsatkiçlar yaxşilangan mamlakatlar sonidan sezilarli darajada oşib ketdi. Taxminan 25 foiz davlatlar bu borada vaziyatni yaxşilaş yölidan bormoqda, deyarli 45 foiz mamlakatlarda esa vaziyat yomonlaşmoqda. Demokratiya va saylovlarga kömaklaşiş xalqaro instituti (IDEA) ekspertlari şunday xulosaga kelişdi. Taşkilotning uşbu mavzudagi hisoboti 17 sentabr, seşanba kuni e’lon qilindi.
Umuman olganda, kuzatuvçilar dunyo böylab odamlarning saylov jarayonlariga munosabati özgarganini qayd etdi: sönggi yillarda saylovçilarning iştiroki pasayib, norozilik namoyişlari va tartibsizliklar soni ortib bormoqda. 2020 yilning örtasi va 2024 yilning örtasi oraliğida, har beşinçi holatda, yutqazgan nomzod yoki partiya saylov natijalarini qabul qilişdan boş tortdi. Hujjatda aytilişiça, deyarli bir xil çastotada saylov natijalari sudga berilgan şikoyatdan keyin aniqlaştirilgan.
«Ayrim hollarda bunday signallar saylovning qonuniyligi töğrisida xavotirlarini bildirsa, boşqalarida esa raqibning ğalabasiga bölgan jamoatçilik işonçini buzişga qaratilgan urinişlardir», deb yozadi hisobot mualliflari.
Saylovçilarning iştiroki haqida IDEA ekspertlari şunday ta’kidlaydilar: «Saylovlar tobora munozarali bölib borayotgani sababli, global saylovlarda iştirok etiş körsatkiçlari pasayib bormoqda: sönggi 15 yil içida saylovçilarning qatnaşişi örtaça darajasi 65,2 foizdan 55,5 foizga tuşdi».
Saylovlarda demokratik körsatkiçlarning yomonlaşişi
Şu bilan birga, kuzatuvçilar nafaqat repressiv rejimlar hukm surayotgan mamlakatlarda, balki «bir neça ön yillar davomida dunyodagi eng erkin davlatlardan biri bölgan» davlatlarda, xususan: Yevropa va Şimoliy Amerika mamlakatlarida saylovlarning demokratik körsatkiçlari yomonlaşganini qayd etmoqda.
Hisobot mualliflari nuqtayi nazaridan demokratik körsatkiçlarning yomonlaşuvi, birinçi navbatda, vakillik (saylov natijalariga işonç darajasi va parlament samaradorligi) hamda huquqlar (iqtisodiy tenglik, söz va matbuot erkinligi) sohalarida sezilarli.
Hisobotda aytilişiça, demokratik körsatkiçlar sezilarli darajada pasaygan bir paytda ham köplab saylovlar qaror qabul qiluvçilar ustidan xalq nazoratini ta’minlaş vositasi sifatida öz maqsadiga erişdi. Demokratiya va saylovga kömaklaşiş böyiça xalqaro institut tadqiqotçilari şunday dedi: «Hukmron partiyalar 2023 va 2024 yillarda prezidentlik saylovlarida mağlub bölişdi va köplab saylovlarda parlamentdagi köpçilikni boy berişdi».
IDEA dunyoning 179 mamlakatidagi saylovlar bilan boğliq vaziyatni tahlil qildi.












