Xitoy avtomobil brendlarining Özbekiston avtomobil bozoridagi uluşi barqaror ösişda davom etmoqda. Xususan, özining ilğor texnologiyalari va innovatsion dizayni bilan avtomobil işqibozlariga yaxşi taniş bölgan BAIC brendi Özbekistondagi faoliyatini kengaytirib, Toşkentda yangi subdilerlik markazini oçgani buning yaqqol namunasi hisoblanadi.

BAIC Xitoyning eng qadimgi va yirik avtomobil işlab çiqaruvçilardan biri bölib, uning tarixi 1958 yilga borib taqaladi. Kompaniya nafaqat Xitoy avtomobilsozlik sanoatida, balki dunyo miqyosida ham öz örniga ega. Yillar davomida BAIC öz takliflarini, ya’ni yengil avtomobillardan tortib, yöltanlamaslari va tijorat avtomobillariga qadar diversifikatsiya qilib, uni avtomobilsozlik sohasidagi köp qirrali brendga aylantirdi.

BAIC avtomobillari zamonaviy dizayni, yoqilği samaradorligi va ilğor texnologiyalarning uyğunligi bilan maşhur. Subdilerlik markazining oçiliş kunida kompaniya mijozlar uçun: X7, BJ30 va U5 PLUS modellarini namoyiş etdi. Ilğor texnologiyalar va innovatsion dizayn bilan işlab çiqilgan uşbu avtomobillar BAIC’ning jahon bozorlarida ösib borayotgan ta’sirini aks ettiradi.

BAIC INTL kompaniyasi vitse-prezidenti Zhao Pengfei 66 yillik tarixga ega kompaniya Xitoyning yirik avtomobil işlab çiqaruvçilaridan biri ekanligini ta’kidladi:

“Bugungi taqdimotdan boşlab, BAIC rasman Özbekiston bozoriga çiqadi. Bugun biz törtta avtomobil modelini olib keldik va birinçi navbatda özbek bozorida yangi modellarni taqdim etişni rejalaştiryapmiz. Kelasi yildan boşlab içki yonuv dvigateliga ega avtomobillardan taşqari, gibrid va elektr avtomobillarini ham bosqiçma-bosqiç joriy etamiz.

Kelajakda biz Özbekistonni asosiy bozor sifatida körib çiqişni, şuningdek, BAIC korporatsiyasi uçun Markaziy Osiyodagi strategik va namunali bozor sifatida tan olişni rejalaştiryapmiz.

Biz Özbekiston bilan birga rivojlanişni niyat qilganmiz. Bugun bu yerda törtta ajoyib avtomobil modeli namoyiş etilmoqda.

 Biz işonamizki, U5 PLUS sedan modeli Özbekiston bozorida muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston iste’molçilari uşbu modelning zamonaviy dizayni va şinam salonini albatta qadrlaydilar.