Daimler AG konserni va uning xitoylik hamkori BAIC kompaniyasi Xitoydagi qöşma korxonani kengaytiriş haqida kelişib oldilar. Beijing Benz Automotive Co., Ltd. deb ataluvçi zavodda elektromobillar işlab çiqariladi.

Bundan taşqari, hamkorlikni kengaytiriş doirasida Daimler AG BAIC’ning bölinmalaridan biri – Beijing Electric Vehicle Co., Ltd.’ning minoritar aksiyadoriga aylanadi. Bu firma elektromobillar va ularga batareyalar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Kelişuvning moliyaviy tomoni va "Daymler" oladigan aksiyalar paketi oşkor qilinmagan.

Daimler AG konserni BAIC’ning egalaridan biri hisoblanadi. 2013 yilda nemis kompaniyasi Xitoy kompaniyasining 12 foizlik aksiyalar paketini sotib olgan. Bitimning qiymati 625 mln dollarni taşkil qilgan. Şu bilan birga nemislar BAIC direktorlar kengaşida ikkita örin olişgan hamda Xitoyda "Mersedes"larni sotiş bilan şuğullanuvçi Beijing Mercedes-Benz Sales Service Co. kompaniyasi ustidan nazoratni qölga kiritişgan. 

Avvalroq ma'lum qilingandek, 2019 yilda Mercedes-Benz Tesla Model X.bilan raqobatlaşadigan seriyali elektrik krossover işlab çiqarmoqçi. Bu modelning kontseptual körinişi – prototip Generation EQ 2016 yil sentabrda Parijdagi avtosalonda ilk bor namoyiş qilingan.