Toşkent şahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun tartibga solinadigan narxlar Xalq deputatlari Toşkent şahri Kengaşi tomonidan körib çiqildi.
12 sentabr kuni qabul qilingan qarorga köra, narxlar 15 foizga oşiriladi. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi çakana tarifi 121 617 söm/Gkal böladi.
Şuningdek, yuridik şaxslar uçun tarif ham 15 foizga oşadi — 1 Gkal uçun 244 497 sömga.
Yangi tariflarning amalga kiritiliş sanasi ma’lum qilinmagan.
Toşkent şahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari narxlari aholi uçun sönggi marta şu yil aprel oyida, yuridik şaxslar uçun 2023 yil oxirida oşirilgan edi.
Issiqlik ta’minoti xizmatlari Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan körsatiladi. Şahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini tölaydi, qolgani şahar budjetidan subsidiya şaklida qoplanadi.












