Germaniya Rossiya gazi taqçilligini bartaraf eta oldi, dedi Germaniya iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vaziri Robert Xabek 18 sentabr, çorşanba kuni Quyi Saksoniyaning Osnabryuk şahri aholisi bilan uçraşuvda. «Endi gaz taqçilligi yöq. Gaz omborlari tölgan», dedi u va yangi qurilgan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminallari tufayli mamlakat yetarli zaxira quvvatiga ega ekanligini qöşimça qildi.
Şu bilan birga, vitse-kansler ham bölgan Xabek gaz narxi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumidan oldingi darajadan hamon yuqori ekanligini, ammo 2022 va 2023 yillardagidek katta emasligini tan oldi. «Rossiya Federatsiyasidan keladigan gaz quvur gazi edi, lekin suyultirilgan gazni taşiş kerak, uni sovitiş, kemaga yuklaş va okean orqali jönatiş uni qimmatroq qiladi», deb tuşuntirdi vazir.
«Gaz şantaji»
2022 yilning yozida Rossiyaning «Gazprom» konserni ta’mirlaş işlari zarurligini bahona qilib, avvaliga «Şimoliy oqim 1» quvuri orqali Germaniyaga gaz yetkazib berişni sezilarli darajada qisqartirdi, keyin esa butunlay töxtatdi. Şu bilan birga, Rossiya kompaniyasi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi munosabati bilan Yevropa Ittifoqining Kremlga kiritgan sanksiyalarini asos qilib, gaz quvurining işlaşi uçun zarur bölgan ta’mirlangan turbinani Germaniyadan olişdan boş tortdi.
«Gaz şantaji» va keyinçalik «Şimoliy oqim» tarmoqlarida sodir bölgan diversiyalar fonida Germaniya muqobil yonilği yetkazib beruvçilarni izlay boşladi — ulardan eng muhimi Norvegiya bölib, u Rossiyadan yetkazib beriş çeklovlaridan keyin Germaniyaning gaz taqçilligini töldirdi.












