19 sentabr kuni AOKAda Sudyalar oliy kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Kun.uz muxbiri ijtimoiy tarmoqlarda sudga doir xabar va materiallar ostida köplab foydalanuvçilar «sudlar mustaqil emasligi» haqida yozayotgan izohlari haqida söradi. Şuningdek, ayrim hollarda foydalanuvçilar huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan sudyalarga bosimlar bölişi, ularning faoliyatiga ta’sir ötkazişga uriniş holatlari haqida ham yozadi.

Sudyalar oliy kengaşi şu’ba rahbari Nodira Boboxonovaning aytişiça, sud mustaqilligi öz içiga juda köp komponentlarni oladi. Qaçonki, sudlar professional va xolis bölsa mustaqil böla oladi.

«Öz fikrimni aytadigan bölsam, Konstitutsiyada ham, qonunlarda ham sudlarning mustaqilligi asosiy konstitutsiyaviy prinsip sifatida ta’minlab kelinyapti. Sud mustaqilligi şunday tuşunçaki, u öz içiga juda köp komponentlarni oladi.

Sud qaçon mustaqil böla oladi? Qaçonki u professional bölsa, xolis bölsa. Qaçonki u adolatli va beğaraz bölsa. Bularning hammasi sudning mustaqilligiga ta’sir qiladigan holatlar.

Siz umumiy qilib aytyapsizda, «ba’zi holatlarda»… Agar şunday holatlar aniqlanadigan bölsa, sudning işiga kimdir aralaşgan bölsa, bu qonunga zid va unga çora körilişi kerak. Bu şubhasiz.

Agar institutsional jihatdan sud mustaqil bölmasa, sudya şaxsan mustaqil bölolmaydi. Institutsional degani bu umuman sudning mustaqilligi, bu qonunlar bilan kafolatlangan. Lekin sudyaning mustaqilligini ta’minlaş uçun avvalambor sudya öz ustida işlaşi kerak. Boya aytib ötgan sifatlarim (professionallik, xolislik, adolatli va beğaraz böliş) sudyaning mustaqilligini ta’minlaydi.

Siz aytayotgan holatlar bölsa, u bilan kelişiş mumkin emas va albatta, çora köriladi. Bunday ta’sir va bosim ostida çiqarilgan qaror, albatta, bekor bölişi kerak», — deydi Nodira Boboxonova.

Sudyalar oliy kengaşi a’zosi Vahobjon Fayzullayevning aytişiça, ötgan yilda sudyalar faoliyatiga aralaşiş holatlari aniqlangan.

Vahobjon Fayzullayev (rasmda öng tarafda). Foto: AOKA

«Davlat rahbarining 2020 yildagi farmoni bilan Sudyalar oliy kengaşi tarkibida «Sudyalar daxlsizligini ta’minlaş va korrupsiyaning oldini oliş böyiça sud inspeksiyasi» taşkil qilingan. Inspeksiyaning bevosita vazifalaridan biri sudyalar daxlsizligini ta’minlaş. Har qanday sudyalar mustaqilligiga ta’sir qiladigan, faoliyatiga daxl qiladigan holatlar böladigan bölsa, inspeksiyaga murojaat qilişi mumkin. Şuningdek, mazkur farmon bilan Sudyalar oliy kengaşi raisiga vakolat berilgan, agar sudya faoliyatiga ta’sir qiladigan holatlar aniqlansa, rais bevosita boş prokurorga taqdimnoma kiritadi. Ötgan yili böyiça şunday holatlar ham aniqlangan va boş prokurorga taqdimnomalar kiritilib, tegişli çoralar körilgan», — deydi u.

Nodira Boboxonova, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş uçun maxsus qöllanma tayyorlanib, sudyalarga ta’sir ötkaziş ehtimoli bor davlat organlarga tarqatilganini bildirdi.

«Jamoatçilikda aynan şu masalada köplab e’tirozlar bölgani uçun mansabdor şaxslarning, hokimlar va boşqa davlat organlari ta’siri va aralaşuvining oldini oliş borasida Sudyalar oliy kengaşi tomonidan risola tayyorlandi. «Sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlaş, uning uçun javobgarlik asoslari» nomli tuşunarli tilda yozilgan qöllanma tayyorladik. Bu qöllanmani sudyalarga emas, balki sudyalarga ta’sir ötkaziş ehtimoli bor organlarga tarqatganmiz», — deya Kengaş a’zolarining sözini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.