21 sentabr kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonun körib çiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonunda ikki bosqiçli davlat xaridlari, kiçik qiymatdagi xarid uçun soddalaştirilgan tartib, markazlaşgan davlat xaridlari va hadli kelişuv kabi yangi mexanizmlar joriy qilinişi nazarda tutilgan.

Davlat xaridlari «barqarorlik» prinsipi bilan töldirilmoqda. Unga köra, davlat buyurtmaçilari qisqa, örta va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirlarni hisobga olgan holda barqaror davlat xaridlarini amalga oşirişi nazarda tutilmoqda.

Davlat buyurtmaçisi, şu jumladan, budjet buyurtmaçisi zaruratga köra, eng yaxşi takliflarni tanlaş yoki tender natijalari böyiça 1 yildan 4 yilgaça bölgan muddatga hadli kelişuv tuzişi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun bilan elektron dökon hamda auksion savdolarida zaxira ğolibi böliş mumkinligi, agar ğolib tomonidan şartnoma tuziş rad etilgan hollarda ularga şartnoma tuziş taklifi berilişi közda tutilmoqda.

Davlat xaridlari sohasida şikoyatlarni körib çiqiş böyiça komissiya faoliyatida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik asoslari qonunda aniq körsatilmoqda.

«Mazkur qonunning qabul qilinişi davlat xaridlari tizimini takomillaştiriş orqali oçiqlik va şaffoflik ta’minlanişiga, sohada raqobat muhitining yanada kuçaytirilişiga, davlat buyurtmaçilari uçun qulay imkoniyatlar yaratilişiga hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlarni keng jalb qilişga xizmat qiladi», — deyiladi Senat xabarida.