Toşkent şahrida boks böyiça Parij-2024 Olimpiya öyinlari çempioni Asadxöja Möydinxöjayev yöl harakati qoidalarini buzib, yuqori tezlikda harakatlandi. U buni videoga oldirib, Instagram sahifasiga joylaştirgan.

Keyinroq video öçirib yuborildi.

Möydinxöjayev videosida u şahar markazida 110 km/soat tezlikda harakatlanganini köriş mumkin. Şaharda tezlik çeklovi esa 60 km/soatni taşkil qiladi.

MJtKga köra, sportçi belgilangan tezlikdan 50 km/soat tezroq yurgani uçun 3 mln 60 ming söm jarima tölaşi kerak böladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi reaksiya

Bu holat ijtimoiy tarmoq faollari va foydalanuvçilar tomonidan e’tirozga uçradi. 

Huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyev kinoya bilan u Olimpiada çempionligi uçun olgan mukofot puli «yana 823 marta şunday qoidabuzarlik qilişga yetişi»ni aytadi.

«Hammasiga özimiz aybdormiz. Qoidabuzarliklarni maqtaymiz, buni köz-köz qilganlarni qöllab-quvvatlaymiz. Bunaqa qoidabuzarlarni «krutoy» deymiz, qoidaga amal qiladiganlarni «lox» deymiz. Qoidabuzarlarga qarşi kuraşganlarni «kazyol» deymiz.

Şu sababli har kuni köçalarimizda 10 ga yaqin inson avtohalokatdan vafot etaveradi. Kimlardir otasidan, kimlardir onasidan, kimlardir farzandidan ayrilib qolaveradi. Ming afsus...

Qoidabuzarligini internetga maqtanib joylaydiganlarning haydovçilik guvohnomasini bekor qiliş haqidagi qonun qaçon qabul qilinadi? Jarima ballari töğrisidagi qonunni qaçon oxiriga yetişadi? Özi umuman qaçon tartibga solinadi bunaqa holatlar? Qaçon qat’iy javobgarlik belgilangan davrlarga kelamiz? Nega uxlayapmiz? Pulini tölab, istaganini qilsa böladigan qonunlar şarmandalik emasmi?» deya savollar qöygan u.

Bloger Şahnoza Soatova uşbu boksçiga qat’iyroq çora körişga, qoidabuzarlik sodir etilgan avtomobilni olib qöyişga çaqirgan.

«Boks böyiça Olimpiada çempioni Asadxöja Möydinxöjayev «Prezident sovğasi» deb yozilgan avtomobilda Toşkent köçalarida soatiga 110 km tezlikda harakatlanibdi. Va buni çiroyli mobilografik kompozitsiya qilib tarmoqqa joylabdi (ya’ni tasodifan videoga tuşib qolmagan).

Biz bularni soğlom turmuş tarzi va sportça irodayu intizomni tarğib qiladi desak, qoidabuzarlikni rosa jozibali tarğib qilişyapti-ku.

Yoşlar bir kuni şunaqa sovğalarda qoida buziş uçun sport bilan şuğullanganidan şuğullanmagani yaxşi. Bu töğri ibrat emas, bu davlat va jamiyatning e’tibori hamda minnatdorçiligini suiiste’mol qilişdir. Yoş bolalar ölyapti şunaqa öpkasini bosolmaganlar kasriga. 

Olimpiada çempionimiz esa qonunan jazo olsin. Nafaqat tezlikni oşirgani uçun, qoidabuzarlikni tarğib qilgani uçun ham. «Prezident sovğasi» esa olib qöyilsin, ertaga şu maşinada bir baloni boşlab, yaxşi narsani yomon doğga aylantirmasidan», deya yozadi u.

Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganovning «Daryo»ga bildirişiça, çempion egaligidagi avtomobil şahar böylab qidiruvga berilgan. 

«Qonun hamma uçun barobar, har bir huquqbuzarlik uçun ham javobgarlik muqarrar. Tez orada avtomobil topilib, çora köriladi va bu haqda jamoatçilikka rasmiy kanallarimiz orqali ma’lumot beramiz», — degan mas’ul.

Eslatib ötamiz, Asadxöja Möydinxöjayev 71 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida boks böyiça Parij Olimpiadasida oltin medal olgan. Bu uçun unga 200 ming AQŞ dollari, Tahoe avtomobili va ikki qavatli kottej sovğa qilingan.

Özbekiston yöllaridagi vaziyat

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining iyun oyida ötkazilgan majlisida ma’lum qilinişiça, Özbekistonda joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida yöl-transport hodisalari oqibatida maktab öquvçisi bölgan 65 nafar bola halok bölgan, 294 nafari jarohatlangan.

Maktablar va oliygohlarda yangi öquv yili boşlanişi bilan bolalar ölimi bilan boğliq holatlar röy bera boşladi.

19 sentabr kuni Toşkent şahri Sergeli tumanida BYD krossoveri katta tezlikda harakatlanib ketayotganda avtobusdan tuşib, yölni kesib ötayotgan 9 yoşli öquvçi qizni urib yuborgan. U kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

20 sentabr kuni esa Buxoroda hokim yordamçisining maşinasi urib yuborgan öquvçi vafot etgan, mansabdor tezlikni oşirgani haqida xabarlar tarqalgan.

18 sentabr kuni ham Toşkent şahri Şayxontohur tumanida Gentra haydovçisi katta tezlikda harakatlanib kelib, piyodalar ötiş joyida 19 yoşli qizni urib yubordi va uni öldirdi. Marhumaning otasi va guvohlarga köra, haydovçi uning maşinasi «murda taşuvçi emasligini» aytib, qizni şifoxonaga eltişdan boş tortgan.