Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi - Ekopolitsiya xodimlari 19 maydan 22 iyulga qadar Toşkent şahri va Toşkent viloyatida nazorat reydlarini ötkazdi.
Reydlarda asosiy e’tibor quriliş çiqindilarini belgilanmagan joylarga noqonuniy taşiş va daraxtlarni noqonuniy kesiş holatlarini aniqlaşga qaratildi.
Nazorat tadbirlari Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Quyi Çirçiq, Zangiota va Qibray tumanlari, şuningdek, poytaxtning Yangihayot, Yunusobod va Sergeli tumanlarida ötkazildi.
Tekşiruvlar davomida fuqarolar quriliş çiqindilarini transport vositalarida belgilanmagan joylarga olib borib taşlagani aniqlangan.
Reydlar yakunlariga köra, huquqbuzarlarga nisbatan 48 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, jami 316,3 mln söm jarima belgilandi.
Şuningdek, bir yil içida çiqindilarni noqonuniy taşlaş bilan boğliq huquqbuzarlikni takroran sodir etgan haydovçi ham aniqlangan. Uşbu holat böyiça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriş uçun tayyorlanmoqda.
Ekopolitsiya tomonidan bunday reyd tadbirlari respublikaning barça hududlarida davom ettirilmoqda.








