AQŞ Hindistondan öğirlangan yoki kontrabanda yöli bilan olib çiqib ketilgan 297 dona qadimiy buyumlarni öz vataniga qaytaradi, deb xabar beradi CNN.
Eksponatlar topşirilişi munosabati bilan AQŞ prezidenti Jo Bayden va Hindiston boş vaziri Narendra Modi uçraşuv vaqtida şu kabi bir neçta artefaktlar fonida suratga tuşgan.
Iyul oyida AQŞ va Hindiston noqonuniy savdoga barham beriş va Hindistondan öğirlangan qadimiy buyumlarni qaytariş jarayonini soddalaştiriş yöli bilan madaniy merosni himoya qilişga oid bitimni imzolagan edi.
Hindiston hukumatining 21 sentabrdagi bayonotida keltirilişiça, aksariyat qismi Şarqiy Hindistondagi terrakota artefaktlari bölgan buyumlar «tez orada» qaytariladi.
Uşbu muddat Modining Delaver ştatiga taşrifi vaqtiga töğri kelib qoldi — Bayden bu yerda dam oliş kunlari AQŞ, Hindiston, Yaponiya va Avstraliya örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan sammitni ötkazdi.
«Boş vazir Modi mazkur artefaktlarning qaytarilişidagi qöllab-quvvatlovi uçun prezident Baydenga minnatdorçilik bildirdi», — deyiladi Hindiston TIV xabarida.
Modining ta’kidlaşiça, uşbu osori atiqalar «nafaqat Hindiston madaniy tarixining bir qismi, balki uning sivilizatsiyasi va ongining içki negizini ham taşkil etgan». Haykallardan tortib vazalargaça bölgan artefaktlarning ayrimlarining yoşi eramizdan 2000 yil oldinga borib taqaladi. Ularning ba’zilari toşdan, metalldan, yoğoç va fil suyagidan yasalgan.
Ma’lumot uçun, 2022 yilda AQŞ xalqaro savdo tarmoqlari böyiça olib borilgan 15 yillik tergov doirasida 307 ta öğirlangan buyumni Hindistonga qaytargan edi. Qiymati 4 million dollardan oşadigan mazkur buyumlarning törtdan uç qismi Hindiston sudi tomonidan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Nyu-Yorkdagi art-diler Subxaş Kapurga boğliq ekani aniqlangan.

















