Samsung Electronics xodimlari xavfsizlik qoidalari buzilgani tufayli radiatsiyaga uçragan. Bu haqda Janubiy Koreya regulyatorlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
«Samsung Electronics Co. yadroviy xavfsizlik qoidalarini buzgan holda yarim ötkazgiçlar işlab çiqaruvçi zavod xodimlari radiatsiya ta’siriga uçraşiga yöl qöyib bergan», — deyiladi xabarda.
Yadroviy xavfsizlik böyiça komissiya kompaniyaga 10,5 million von (7,9 ming dollar) miqdorida ma’muriy jarima belgilanişini ma’qullagan.
Gap Samsunğning Seuldan 40 kilometr janubda joylaşgan Yonin şahridagi zavodi haqida ketmoqda. Ta’kidlanişiça, köngilsiz holat 2024 yilning mayida sodir bölgan. Xodimlarga ta’sir körsatgan radiatsion nurlaniş darajasi yillik normadan oşib ketgan. Natijada zavodning ikki xodimi şifoxonaga yotqizilgan.
Samsunğning ma’lum qilişiça, kompaniya jabrlanganlarga yordam körsatadi va tergov bilan hamkorlik qiladi.
Eslatib ötamiz, iyun oyida Janubiy Koreyaning Samsung Electronics xodimlari kompaniyaning 55 yillik tarixida birinçi marta iş taşlaş ötkazgan edi. Sentyabr örtalarida esa Samsunğning Hindistondagi 1,5 mingga yaqin işçisi iş taşlaş aksiyalarini ötkazişni boşlagandi.












