«Hizbulloh» harakati Isroil armiyasi tomonidan ötkazilgan operatsiya davomida Hasan Nasrulloh öldirilganidan söng yangi yetakçini sayladi. Nasrullohning amakivaççasi Hoşem Safi ad-Din guruhning yangi boş kotibi böladi, deb xabar bermoqda 30 sentabr, duşanba kuni arab OAV. «Hizbulloh» hozirça guruhning yangi rahbari saylanişi haqidagi ma’lumotga izoh bermagan.
Al Arabia 1994 yildan beri Nasrullohning örniga ötişga tayyorgarlik körgan, biroq uzoq vaqtdan beri özining nufuzli qarindoşi soyasida yurgan «Hizbulloh» asosçilaridan biri sifatida 60 yoşli Safi ad-Dinni tilga oladi. Ommaviy axborot vositalari ad-Dinning amakivaççasi bilan taşqi körinişi va hatto nutqida ham öxşaşlikni qayd etadi. Bundan taşqari, ad-Dinning öğli Islom inqilobi muhofizlari korpusi bölinmalaridan biriga qömondonlik qilgan eronlik general Qosim Sulaymoniyning kuyovi bölgani xabar qilingan. Sulaymoniy 2020 yilda AQŞning Iroqdagi havo hujumida öldirilgan.
Hasan Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroil mudofaa kuçlarining Bayrut çekkasida joylaşgan «Hizbulloh» yerosti qömondonlik markaziga bergan aviazarbalari natijasida halok bölgan edi. Guvohlarning sözlariga köra, guruh qarorgohidan faqat xarobalar va 30 metr çuqurlikdagi ulkan öra qolgan. Nasrulloh 32 yil davomida Livandagi harakatga rahbarlik qilgan. U bilan birga yana bir qança yuqori martabali jangçi qömondonlar, şuningdek, Islom inqilobi muhofizlari korpusi «Al-Quds» bölinmasi qömondoni örinbosari halok böldi.
29 sentabr kuni Reuters va AFP agentliklari «Hizbulloh»dagi manbalariga tayanib, guruh marhum rahbarining jasadi topilgani haqida xabar berdi. Ularning sözlariga köra, Nasrullohning tanasida oçiq jarohatlar yöq. Bu uning portlaş tölqini ta’siridan ölişi mumkinligini anglatadi.
Isroil Livan janubida «Hizbulloh»ga qarşi operatsiya boşladi
Isroil Livan janubidagi çegara hududida «Hizbulloh» guruhi nişonlariga qarşi «çeklangan, mahalliylaştirilgan va maqsadli reydlar» boşladi. Bu haqda Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) 1 oktyabrga ötar keçasi bayonot berdi.
Bayonotda, Isroil havo kuçlari va TsAHAL artilleriyasi hududdagi harbiy nişonlarga «aniq zarbalar» berib, Isroil quruqlikdagi kuçlarini qöllab-quvvatlayotgani aytiladi. «Şimol öqlari» operatsiyasi mavjud vaziyatni baholaşga muvofiq va Ğazo sektori va boşqa hududlardagi janglar bilan parallel ravişda davom etadi, deya ta’kidlaydi TsAHAL.
Duşanba kuni keçqurun Al Arabiya va Al Hadath telekanallari Isroil tanklari Rmeyş qişloği hududida joylaşgani haqida xabar berişdi. Bundan oldin Isroilning zirhli texnikalari artilleriya va aviatsiya niqobi ostida Livanning çegara hududlariga kirib kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bir neça soat oldin TsAHAL Isroil şimolida — Metula, Misgav-Am va Kfar Giladi aholi punktlari hududida yopiq harbiy zona taşkil etilganini rasman e’lon qildi. Deyarli bir vaqtning özida Livan armiyasining bölinmalari mamlakat janubidagi öz pozitsiyalarini tark etib, beş kilometr içkariga çekinişgani ma’lum böldi.













