Yaqin Şarqdagi uruş fonida Isroil öz çegarasidan şimolda yangi bufer zona yaratiş rejasini ilgari surmoqda. Bu – 2000 yilgaça mavjud bölgan xavfsizlik hududini eslatadi. Xöş, Livan janubida bu gal nimalar bölyapti? Professor Farhod Karimov Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida mavzuni xaritalar uzra şarhlab berdi.
— Sönggi voqealar fonida Isroil-Livan çegarasidagi vaziyat qanday?
Farhod Karimov: Isroil Livan hududida bufer zona yaratişini e’lon qildi. Ma’lumki, 2000 yilgaça ham Isroil özi uçun xavfsizlik zonasini belgilagan edi. Bu hudud taxminan 120 kilometr uzunlikka çözilgan bölib, çegara böylab joylaşgan edi. Bugungi kunda e’lon qilinayotgan reja va taqdim etilayotgan xaritalar aynan öşa 2000 yilgaça mavjud bölgan bufer zonani eslatadi.
Şuningdek, 1982–1985 yillardagi birinçi Livan uruşidan söng çegara hududlariga Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tinçlikparvar kuçlari joylaştirilgan edi. Biroq ular 2000 yilgaça bölgan davrda ham kutilgan darajada samarali faoliyat yurita olmadi va natijada çegara bilan boğliq muammolar töliq hal etilmadi.
Örta Yer dengizi sohilidagi Naqura şahridan Hermon toğlarigaça bölgan hududlarda Isroil bugungi kunda özining asosiy xavfsizlik zonasini e’lon qilmoqda. Mazkur hududga harbiy kuçlar allaqaçon kiritilgan. Ma’lumotlarga köra, mart oyida bu jarayonga uçta diviziya jalb etilgani aytilgan edi. Sönggi xabarlarga qaraganda esa hozirda beşta alohida diviziya jalb etilgan.
Körinib turibdiki, Isroil uşbu hududlardan Livandagi “Hizbulloh” harakatini siqib çiqariş hamda nazoratni töliq öz qöliga olişga qaratilgan harbiy operatsiyalarni boşlab yuborgan.
Isroil tomonidan “sariq çiziq” sifatida e’lon qilingan hududlar aynan mana şu sariq bilan belgilangan zonalarni qamrab oladi. Uşbu çiziq beşta asosiy şahar va hududni öz içiga oladi hamda xalqaro muhokamalarda “sariq yölak” nomi bilan tilga olinmoqda. Mazkur hudud Örta Yer dengizi sohilidagi Tir viloyatidan boşlanadi. Tirning janubida joylaşgan Aş-Şaab hududidan boşlab, Hermon toğlari etagigaça çöziladi. Bu yerda qişloq xöjaligi, xususan uzumçilik rivojlangan yirik fermalar mavjud bölib, Livan uçun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega.
Bugungi kunda Isroil aynan şu hududlarni öz nazoratiga olişga kirişgan. Agar 2000-yillarda Isroil qöşinlari 30 kilometrgaça içkariga kirgan bölsa, hozirda asosan 5 kilometrdan 10 kilometrgaça bölgan hududlarni qamrab olmoqda. Biroq jarayon bu bilan töxtab qolayotgani yöq. Aksinça, 2000 yildagi holatdan ham ilgarilab, Litani daryosigaça yetib boriş ehtimoli muhokama qilinmoqda.







