30 sentabr kuni Ostona şahrida “Yevrosiyo makonida barqaror rivojlaniş va xavfsizlik” xalqaro forumi bölib ötdi. Unda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qatnaşib, özgarayotgan geosiyosiy vaziyatda barqaror rivojlanişning ahamiyati haqida gapirgan.

“Geosiyosat va geoiqtisodiyotdagi çuqur özgarişlar, global iqlimiy va demografik muammolar, yangi pandemiyalar xavfi, qurollaniş poygasining kuçayişi, texnologik taraqqiyot, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy etilişi fonida strategik barqarorlik masalasi va barqaror rivojlanişni ta’minlaş barçamiz uçun muhim ahamiyatga ega. Xulosa aniq – xalqaro hamjamiyat konstruktiv muloqotni tiklaş uçun vaziyatni yumşatiş, yangi ijobiy kun tartibiga muhtoj. Şunday ekan, yaxlit, bölinmas Yevrosiyo xavfsizligi ğoyasi köp qutbli, adolatli va barqaror dunyo tartibini barpo etişning konseptual asosiga aylanişi mumkin”, — deya Töqayevning sözlarini keltirmoqda Oq Örda matbuot xizmati.

Şuningdek, u Qozoğiston jamiyati hayotidagi özgarişlar haqida gapirib, mamlakat Konstitutsiyasida prezident vakolatini “bir marotaba, yetti yillik muddat bilan çeklanişi” siyosiy islohotlarning muhim yangiligi bölganini qayd etgan.

“Saylovoldi platformasidagi [rejalar] va islohotlarni hayotga tatbiq etiş uçun, menimça, bir marta yetti yillik muddat – prezidentga, u xalq tomonidan yollangan davlat boşqaruvçisi ekanidan kelib çiqib yetarli deb öylayman. Işonçim komilki, mamlakatimizda qonun va tartib diktaturasi hukm surişi kerak. Faqat şu orqaligina islohotlarni yana davom ettiriş, şuningdek, Qozoğiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qiliş mumkin. Qonun va tartib adolatli Qozoğiston qurişning asosidir. Har doim va hamma joyda adolatga talab bölgan, Qozoğiston ham bundan mustasno emas. Bizning barça islohotlarimiz, ular qançalik qiyinçilik bilan yurmasin ortga qaytiş xususiyatiga ega emas, ularni heç kim töxtata olmaydi va orqaga ham qaytara olmaydi”, — degan Qosim Jömart Töqayev.

Töqayev 2019 yilda Qozoğistonni 1990 yildan buyon boşqarib kelgan Nursulton Nazarboyev iste’foga çiqqanidan söng prezidentlik lavozimini egallagan.

2022 yil yanvar oyida Qozoğistonda bölib ötgan norozilik namoyişlaridan söng, Töqayev Konstitutsiyaga davlat rahbari faqat bir marotaba, yetti yillik muddatga saylanişi mumkinligi haqida özgartiriş kiritgan edi.