Yer yuzidagi eng baland çöqqi Everest boşqa çöqqilardan kamida bir neça yuz metr yuqoriroq. Buning sababini olimlar uzoq vaqtdan buyon fan tuşuntirib bera olmayotgan noodatiy hodisa deb ta’kidlaydi. Endilikda tadqiqotçilar bu savolga ehtimoiy javobni topdi.

Everestning eng baland nuqtasi 8849 metrga yetadi. Çöqqi Hind va Yevrosiyo tektonik plitalarining töqnaşuvi natijasida vujudga kelgan Himolay toğ tizmasida joylaşgan. Everest hozirga qadar ösişda davom etmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, uning balandligi har yili 1 millimetrga oşib boradi. Biroq GPS ma’lumotlari aslida bu jarayon ikki barobar tezroq keçişini körsatdi.

Ta’kidlanişiça, Everest sönggi 89 ming yil davomida 15-50 metrga balandlaşgan. Bu ğayrioddiy körsatkiç bölib, tadqiqotçilar faqat bugungi kunga kelib bunga nima sabab bölganini aniqlay oldi. London Universitet kolleji va Xitoy geologiya fanlari universiteti mutaxassislarining fikriça, buning barçasi Everestning şarqidan oqib ötuvçi Arun daryosi bilan boğliq.

Taxminan 89 ming yil oldin bu daryo Kosi daryosi tizimiga qöşilib, undan suv olişni boşlagan. Tabiiy hodisa tuproqning yemirilişiga ta’sir körsatdi. Suv juda köp yerni yuvib ketgan, bu esa toğning ösişini tezlaştirgan. Bunda mantiyaga nisbatan bosim kamayib, ilgari turli massalar tomonidan bostirib turilgan katta quruqlik maydonlari yuqoriga kötariladi.

 “Arun daryosining eroziyasi va Yer mantiyasining yuqoriga kötariluvçi bosimi örtasidagi özaro ta’sir Everestga turtki beryapti va uni kutilganidan köproq östiryapti”, — dedi olimlar.