Özbekistonda 2024 yil sentabr oyi yakunlariga köra, inflatsiya 1,23 foiz darajasida qayd etildi.
Statistika agentligi xabariga köra, yillik inflatsiya (2023 yil sentabridan) deyarli özgarmadi — 10,46 foiz (bir oy avval 10,47 foiz edi), yil boşidan (yanvar-sentabr) esa narxlar örtaça 6,77 foizga oşdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ötgan oyda örtaça 1,4 foizga oşdi (yillik hisobda — 2,4 foizga ösiş). Nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,8 foizga (8,4 foiz), pulli xizmatlar narxi 1,5 foizga (28,7 foiz) oşdi.
Göşt narxi yuqori sur’atlarda ösişda davom etmoqda: mol göşti — 3,1 foizga (avgust oyida — 5,3 foiz), qöy göşti — 2,8 foizga (avgust oyida — 4,9 foiz) qimmatlaşdi. Yil boşidan buyon mol göşti narxi 11,3 foizga, qöy göşti narxi esa 11,9 foizga oşdi.
Dori-darmonlar narxi ösişda davom etmoqda, sentabr oyida u 1,2−1,9 foiz (yil boşidan — 24,7 foiz) oraliğida oşdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, metan oyiga 0,5 foizga (yil davomida — 35,8 foizga), benzin — 0,2−2,4 foiz oraliğida yoki örtaça 0,8 foizga (+13,8 foiz) qimmatlaşdi.











