Muzokaralar natijasiga köra tomonlar örtasida Anglaşuv memorandumi imzolandi. Bunda quyidagi kelişuvlarga erişildi:
- ikki mamlakat örtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni böyiça çeklovlar bekor qilindi;
- Özbekiston bilan Koreya örtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uçun haftasiga 10 tadan 24 taga oşiriş huquqi berildi.
Bu ikki mamlakat örtasida har bir tomon aviakompaniyalariga haftasiga 24 tadan, ikki mamlakat örtasida jami 48 ta aviaqatnovni amalga oşiriş imkonini beradi.
Bunda:
- har ikki davlat tayinlangan aviakompaniyalariga har bir tomondan Toşkent va Seul şaharlari örtasida haftasiga 12 tagaça;
- Koreyaning hududiy viloyatlaridan Toşkent şahriga haftasiga 4 tagaça;
- Özbekistonning hududiy viloyatlaridan Seul şahriga haftasiga 4 tagaça;
- Özbekiston va Koreya hududiy viloyatlari örtasida haftasiga 4 tagaça muntazam aviaqatnov amalga oşiriş huquqi berildi.












