Azerbaijan Uzbek Investment Company (AUIC) 2023 yilda taşkil etilgan xususiy investitsiya kompaniyasi sanaladi. Uning ustav kapitali 500 million AQŞ dollariga teng.

Compound Building System (CBS HOME) kompaniyasi ekologik toza qayta işlangan va quyma materiallardan foydalangan holda quriliş uçun yuk kötaruvçi konstruksiyalarni işlab çiqariş böyiça innovatsion texnologiyalarni taklif etadi. Kompaniya mahsulotlari 100 dan ortiq mamlakatlarda patentlangan. Korxona, şuningdek, dasturçilar, arxitektorlar, munitsipalitetlar va jismoniy şaxslar uçun xizmatlarni taqdim etadi.

AUIC Özbekiston hududida amalga oşirilişi közda tutilgan nemis istiqbolli loyihalarini moliyalaştirişga tayyorligini bildiradi. Şu munosabat bilan kompaniya vakiliga qator investitsiya loyihalari taqdim etildi.

Uçraşuvda pölat va quyma betondan konstruksiyalarni işlab çiqariş zavodi quriliş loyihasi taqdimot qilindi. Loyihaning taxminiy qiymati 15 million yevroni taşkil qiladi.

Muzokaralar çoğida Özbekistonda quriliş materiallari işlab çiqariş, uy-joy kommunal xizmat körsatiş va servis markazlarini barpo etiş sohasidagi loyihalar hamda ilğor taşabbuslarni amalga oşirişning amaliy jihatlari ham körib çiqildi.

Tomonlar işçi aloqalarni davom ettiriş va tanlangan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan ötkaziş natijalari böyiça alohida muzokaralar ötkazişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Şu yilning oktyabr-noyabr oylarida Özbekistonga ikki kompaniya delegatsiyalarining birgalikdagi safarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.