Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Xavfsizlik kengaşi 3 oktyabr, payşanba kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni Isroil persona non grata deb e’lon qilganidan keyin uni töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi. «Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi yoki taşkilotning özi bilan muloqot qilişdan boş tortiş töğrisidagi har qanday qaror, ayniqsa, Yaqin Şarqda keskinlik kuçayib borayotgan bir şaroitda samarasizdir», — deyiladi Xavfsizlik kengaşining 15 a’zosi jurnalistlarga tarqatgan bayonotida.
Hujjatda, şuningdek, barça mamlakatlar BMT Boş assambleyasi raisi bilan samarali munosabatlar örnatişi, uning faoliyatiga, şuningdek, idorasi faoliyatiga putur yetkazadigan har qanday harakatlardan tiyilişiga alohida e’tibor qaratiladi. Isroil bayonotda oçiq tilga olinmagan.
BMT boş kotibiga Isroilga kiriş taqiqlandi
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş Isroilda «persona non grata» deb e’lon qilindi va mamlakatga kirişi taqiqlandi. Bu haqda Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi.
«Dunyodagi deyarli har bir davlat qilganidek, Eronning Isroilga qilgan jirkanç hujumini sözsiz qoralay olmasa, Isroil tuproğiga qadam qöyişga loyiq emas. U Isroilga qarşi boş kotib, u terrorçilar, zöravonlar va qotillarni qöllab-quvvatlaydi», deb Kats sözlarini keltirdi Haaretz.
Kats sözlariga köra, Guterriş haligaça Hamasning 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyuştirgan hujumini qoralamagan va uni terrorçi taşkilot deb e’lon qilişga urinmagan.












