Meklenburg-Old Pomeraniya federal yeri poytaxti Şverin şahrida 3 oktyabr, payşanba kuni milliy bayram – Germaniya birligi kuni munosabati bilan markaziy tantanali tadbirlar bölib ötdi. Şahar kafedral soborida ekumenik messa ötkazildi va köçalarda minglab odamlar bayram tantanalarida qatnaşdi.

Germaniya kansleri Olaf Şols taklif etilgan 450 nafar mehmon, jumladan Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer oldida qilgan çiqişida mamlakatning ğarbiy va şarqi birlaşiş yölida katta yutuqlarga erişganini, biroq bu jarayonni tugallangan deb hisoblaş mumkin emasligini aytdi. Şols köplab şarqiy nemislar ozodlikka erişiş bilan kelgan qiyinçiliklarni unutmaslikka çaqirdi.

Die Zeit: Şols Putinga qönğiroq qilmoqçi

Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda 1 oktyabr kuni Die Zeit gazetasi Germaniya hukumatidagi nomi oşkor etilmagan manbalariga tayanib xabar berdi. Bu suhbat noyabr oyida Braziliyada bölib ötadigan G20 sammiti arafasida ötkazilişi rejalaştirilgan, biroq Berlin hozirça Moskvaga rasmiy sörov bilan çiqqani yöq, deb yozadi naşr.

Agar suhbat bölib ötsa, Şols Ukrainani qöllab-quvvatlovçi davlatlar rahbarlaridan birinçi bölib Putin bilan töğridan töğri aloqani tiklaydi. Germaniya kansleri va Rossiya prezidenti örtasidagi sönggi telefon muloqoti 2022 yil dekabrida bölib ötgan. AQŞ prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniyaning sobiq boş vaziri Boris Jonson ham Putin bilan oxirgi marta 2022 yilda töğridan töğri gaplaşgan.