Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda aholi çiqindi pulini tölamagani uçun elektr energiyasini öçirib qöyişni boşlagani haqidagi xabarlar tarqaldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ uşbu xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, «Çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmonida çiqindi xizmatlari uçun oylik tölovlardan qarzdorligi bölgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib boriş amaliyoti belgilangan.

Şuningdek, farmonda çiqindi qarzdorligi böyiça ogohlantirilgandan keyin ham tölov qilmagan şaxslarning elektr uçun tölovlarini qabul qilişni vaqtinçalik çeklaş amaliyotini joriy etiş ham közda tutilgan.

«Mazkur farmon ijrosini ta’minlaş maqsadida joriy yilning oktyabr oyidan boşlab «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2100 qisqa raqami orqali ogohlantiriş xabarlarini yuboriş amaliyoti yölga qöyildi.

Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan çiqindi böyiça ogohlantiriş xabari yuborilgandan söng, qarzdorlikni bartaraf etmagan iste’molçilarga elektr energiyasi uçun tölovlarda çeklovlar kiritiş böyiça ham texnik işlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

Şu örinda çiqindi qarzdorligi uçun yuborilgan xabarnomalar böyiça iste’molçilardan kelib çiqayotgan şikoyatlar yuzasidan çiqindi yiğiş va taşiş xizmatlariga murojaat qilişlarini söraymiz. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu jarayonda Özbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi taqdim etgan ma’lumotlar asosida xabar yuborayotganini ma’lum qiladi», deyiladi rasmiy munosabatda.

Ma’lumot uçun, tegişli prezident farmonida quyidagilar nazarda tutilgan edi:

  • 2024 yilning 1 iyunidan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida çiqindi xizmatlari böyiça 6 oy davomida şakllangan qarzdorlik uçun;
  • 2024 yilning 1 noyabridan respublikaning barça hududida çiqindi xizmatlari böyiça 3 oy davomida şakllangan qarzdorlik uçun;
  • 2025 yilning 1 yanvaridan e’tiboran respublikaning barça hududida çiqindi xizmatlari böyiça 1 oylik qarzdorlik uçun elektr energiyasiga tölovni amalga oşirişda çeklovlar örnatiladi.