Qozoğistonda sönggi 5 yilda ilk bor Şimoliy Orol dengiziga suv quyiş rejasi deyarli 100 foizga bajarildi. Kazinform xabariga köra, dengizga jami 977 million kub metr suv quyilgan.
Qayd qilinişiça, oxirgi yillarda dengizga 350-400 million kub metr suv quyilgan bölsa, joriy yil boşidan buyon bu hajm 2 milliard kub metrdan oşdi, yil oxiriga qadar yana 500 million kub metr suv quyiş rejalaştirilgan.
«Natijada bugungi kunda Şimoliy Orol dengizining suv hajmi 22 milliard kub metrga yetdi. Vegetatsiya mavsumida dengizga sekundiga 7-10 kub metr suv yuborilgan bölsa, joriy yilda dengizga sekundiga 60-70 kub metr suv yuborildi», dedi Orol-Sirdaryo havza inspeksiyasi boşliği örinbosari Zeynulla Qaztoğanov.
Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Orol dengizining minerallaşuvi pasayib, baliqlar köpaygan. Dengiz quriyotganidan beri mahalliy baliqçilar yiliga atigi 400 tonna baliq ovlagan bölsa, hozir 7,5-8 ming tonnagaça baliq ovlamoqda.
Qarateren qişloğida yaşovçi 76 yoşli baliqçi Kuntuğan Turğanbayev butun umr şu kasb bilan şuğullangan. Uning sözlariga köra, suv kelganida yangi imkoniyatlar paydo bölgan.
«Közimizni oçganimizdan beri dengizdan baliq ovlaymiz. Çuçuk suv baliqlari daryoga kirib boryapti. Bu yil baliq ötgan yilgidan köp. Agar Orol dengizi şu darajada saqlansa, baliqçilik rivojlanadi», dedi u.
Şu bilan birga, Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda Şimoliy Orol dengizini saqlab qoliş böyiça loyihaning ikkinçi bosqiçiga tayyorgarlik köryapti.
Hozir loyiha uçun zarur hujjatlar işlab çiqilyapti. Ikkinçi bosqiç barqaror suv bilan ta’minlaşdan tortib Şimoliy Orol dengizida iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirişgaça bölgan turli yönalişlarni öz içiga oladi.
Eslatib ötamiz, 1989 yilda Orol dengizi qurişi oqibatida ikkita suv havzasiga – Şimoliy va Janubiy Orolga ajralib ketgan edi. Şimoliy Orol – Qozoğiston hududida joylaşgan.












