Jahon banki “Toşkent şahrida havo sifatini baholaş va Özbekistonda havo sifati boşqaruvini takomillaştiriş böyiça “yöl xaritasi” nomli hisobotini taqdim etdi.

Hisobotda asosiy e’tibor Toşkent şahri havosidagi PM2,5 zarraçalariga qaratilgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti uşbu zarralarni inson salomatligi uçun eng katta xavf tuğdiradigan ifloslantiruvçi deb hisoblaydi.

Ta’kidlanişiça, poytaxtda PM2,5 zarraçalarining konsentratsiyasi qiş oylarida eng yuqori darajaga yetadi. Şaharda PM2,5ning örtaça yillik konsentratsiyasi JSST belgilagan me’yor (5 mkg/m3)dan 7 baravar köproqni (38,8 mkg/m3) taşkil etadi.

Hisob-kitoblarga köra, bu ifloslaniş natijasida Toşkent aholisi soğliğiga yetayotgan zarar qiymati Özbekiston yalpi içki mahsulotining 0,7 foiziga teng bölişi mumkin.

“Uşbu tadqiqot davomida Toşkent şahridagi PM2,5 ifloslanişining aholi salomatligiga ta’sirini baholaş şuni körsatdiki, havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanişi Toşkentda har yili taxminan 3000 kişining bevaqt ölimiga olib kelişi va aholi farovonligiga salbiy ta’siri esa yiliga 488,4 mln AQŞ dollarini taşkil etişi mumkin”, – deya qayd etgan tadqiqotçilar.

Qayd etilişiça, erta ölimlarning aksariyati insult (33 foiz), undan keyin yurak işemik kasalligi (28 foiz) va quyi nafas yöllarining infeksiyalari (23 foiz) sabab böladi.

Hisobotga köra, Toşkentda PM2,5 zarraçalari bilan antropogen ifloslanişning asosiy manbalari isitiş sektori (28 foiz), transport (16 foiz) va sanoat (13 foiz) hissasiga töğri keladi.

Şaharda PM2,5 emissiyasining eng katta manbayi isitişdir: garçi bu omil asosan qiş oylariga töğri kelsa-da, uning yillik uluşi PM2,5 emissiyasining deyarli uçdan bir qismini taşkil qiladi. Umumiy yillik PM2,5 çiqindilarining 18 foizi yöl çangining kötarilişi va quriliş işlari natijasida hosil bölgan şahar çangi bilan boğliq, deyiladi hisobotda.

Ifloslanişning 36 foizini inson omiliga boğliq bölmagan transçegaraviy, xususan şamol bilan keladigan çanglar taşkil etadi. Yoz mavsumida aynan şu omil, qiş mavsumida esa isitiş bilan boğliq manbalar ustunlik qiladi.

Jahon banki mutaxassislari Özbekistonda havo sifatini boşqarişni takomillaştiriş uçun, jumladan, quyidagi tavsiyalarni ilgari surgan:

  • havo sifati standartlari va tegişli qoidalarni yangilaş, havo sifatini boşqariş milliy strategiyasini işlab çiqiş va zarur muvofiqlaştiriş mexanizmini yaratiş;
  • issiqlik tarmoğidagi emissiyani kamaytiriş uçun yoqilği sifatini va isitiş moslamalarining samaradorligini oşiriş, binolarning energiya samaradorligini oşiriş;
  • uy xöjaliklariga (ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga) öz binolarini energiya tejamkor va ekologik toza isitişga sarmoya kiritiş uçun moliyaviy yordam körsatiş.

Texnik baholaş natijalari Toşkent şahridagi havo sifatini keyingi tahlil qiliş uçun asos böldi va Özbekistonning boşqa şaharlarida ham şunday baholaşlarni ötkaziş uçun namuna böla oladi, deya xulosa qilgan xalqaro ekspertlar.

Hisobotdan ayrim muhim jadvallar