Ta’kidlanişiça, Rongbuk markaziy muzligida etik içidagi oyoq bölagi topilgan. «E.K. Irvin» ismi tuşirilgan paypoqlar sabab alpinistning şaxsiga oydinlik kiritilgan.

Bundan 100 yil oldin u va Jorj Mellori dunyodagi eng baland çöqqini zabt etişga kirişgan. Mellori bunga qadar Everestga ikki marotaba kötarilgan, Irvin bölsa, buni ilk bor amalga oşirmoqçi bölgan. 1924 yil 6 iyunda ular 8 170 metr balandlikda lagerni tark etgan. Ularni oxirgi marta 8 iyunda, çöqqidan taxminan 240 metr uzoqlikda körişgan.

Mellorining jasadi 1999 yilda topilgan, ammo har ikki alpinistning çöqqini zabt etganini isbotlaydigan biror dalil yöq.

«Bu butun jamoamiz uçun öziga xos hissiy lahza böldi. Umid qilamizki, bu nihoyat uning avlodlari va butun alpinistlar dunyosiga biroz xotirjamlik olib keladi», — deydi National Geographic jamoasi a’zosi Jimmi Çin.

Çin «ölja ovçilari» köpayib ketmasligi uçun alpinist qoldiqlari aynan qayerdan topilganini aytmagan. Ammo u boşqa buyumlar, hatto marhumlarning kamerasi ham şu atrofda yotgan bölişidan umidvor.