Yunusobod tumanining 6-mavzesida Toşkent issiqlik markazining buyurtmasi bilan gaz porşenli kogeneratsion elektr stansiyasi qurilmoqda. Quriliş işlari fonida u yerda tadbirkor tomonidan barpo etilgan 800 ta daraxtga ega kiçik boğ yöq qilindi. Kun.uz'ga ma’lum qilinişiça, tabiatga yetkazilgan zarar qariyb 944 mln sömni taşkil etmoqda.
Toşkent şahrining Yunusobod tumani 6-mavze 48-uy, “ Active Asia Gold” MÇJ binosi orqasidagi 800 dona mevali va manzarali daraxtlar elektr stansiyasi qurilişi vaji bilan yöq qilingani aytilmoqda.
“Daraxtlarni ezib, sindirib ustiga vahşiylarça tuproqlar solib, taşlab yuborişgan”
Boğni barpo qilgan MÇJ rahbariga köra, daraxtlar 4 yillik bölib, endi mevaga kira boşlagan. Ammo 2 kun içida heç qanday ogohlantirişsiz hammasini tezda, yaşirinça tekislab taşlaşgan.
“2020 yilda biz bu yerda işlab çiqarişni yölga qöyganimizda taşlandiq yer edi, axlatxona, uysizlar yotadigan [joy edi]. Keyin şularni bir tozalasak deb Yunusobod tumani hokimiyatiga çiqdim, murojaatimizni körib çiqib, “obodonlaştiriş qilinglar, daraxt ekinglar” deb ruxsat berişdi.
Şundan keyin biz hamma çiqindilarni tozalab, 800 ta mevali va manzarali köçatlar, daraxtlarni ekdik. 4 yilda daraxtlar mevaga kirdi, har oy dorilarini, agronomlarini olib kelib, ariqlar qil[gan]dik. Lekin ötgan kuni keçasi kutilmaganda texnikalarni qöyib yuborib, daraxtlarning hammasini sindirib, payxon qilib taşlaşdi”, – deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan tadbirkor.
Uning qöşimça qilişiça, şu yil 7 may sanasida Toşkent issiqlik markazi MÇJ tomonidan “Active Asia Gold” firmasiga xat çiqarilgan. Unga köra, hukumatning tegişli topşiriği asosida Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazining şimoliy hududida 100 MVt bölgan gaz porşenli kogeneratsion elektr stansiyasi qurilişi rejalaştirilgan. Şu asosda markaz MÇJdan joydagi obektlarni köçiriş va oliş böyiça çoralarni körişni söragan.
Bunga javoban MÇJ mavjud infratuzilmani köçiriş vakolati jamiyatga tegişli emasligini, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligiga murojaat qilişini bildirgan.
“Ular [Toşkent issiqlik markazi MÇJ] bilan oldin xat yozişmalari böldi, “köçatlarni köçiringlar, bu yerda quriliş qilamiz”, deyişganda biz rasmiy xat yubordik: “bizning vakolatimizga kirmaydi, bunga boşqa taşkilotlar javob beradi, ularga murojaat qilinglar”, deb aytganmiz. “Qarormi, qölinglarda nima bor quriliş qilişga?” deb sörasam, “hozirça heç narsasimiz yöq, çiqqanda körsatamiz”, deyişgandi.
Ungaça bu daraxtlarga tegmasligini, jinoyat bölişini aytdim, moratoriyni eslatdim, yaşil makon umummilliy dasturi doirasida ekilganini tuşuntirdim. Şunga qaramay, heç kimni ogohlantirmasdan, hamma köçatlarni olib, şu ahvolga keltirişdi”, – deydi tadbirkor.
Ayni boğning barpo qilinişida boş bölgan va köçatlarni parvarişlab kelgan MÇJ işçisining aytişiça, voqea 7-8 oktyabr sanasi tungi va sahargi soatlarda noma’lum şaxslar tomonidan sodir etilgan.
“Mevalar mana şu traktorlardan baland bölib ösib turgan holatda [ularni] ezib, sindirib, ustiga vahşiylarça tuproqlar solib, taşlab yuborişgan. Bu yerga qilingan mehnat, qança boğ, [qozonxona]dan çiqadigan çiqindi (zaharli gaz) qişda kelsanglar, yerga qarasangiz, qorayib ketadi. Yerning atrofidagi çangni körsanglar, oppoq qorning usti qop-qora bölib qoladi. Mana şu yerda şamol bölardi, ança yaxşi bölib qolgandi. Mahalladagilar ham afsus bilan aytişmoqda.
Ertalab kelsak, xarob ahvolga olib kelib taşlaşgan. Köçatning bittasini ham soğ qoldirişmagan. U bu yerga olib borib ekiş maqsadida emas-da, mevasi bilan olib sindirib, ezib, ustiga axlat solişgan. Körsangiz, çidaş qiyin”, – deydi u.
Kun.uz holat yuzasidan “Toşkent issiqlik markazi” 4-issiqlik markazi qozonxonasi rahbari Mirşukur Mirahmedov bilan boğlandi. U hozirda hududda gaz porşenli kogeneratsion elektr stansiyasi qurilişi boşlanganini tasdiqladi. Ammo joydagi boğ yöq qilinganidan bexabarligini, hozirda öqişda ekanini ma’lum qildi.
Tabiatga 944 mln söm miqdorida zarar yetkazilgan – Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi
Tahririyatning Ekologiya vazirligiga yuborgan sörovidan söng vazirlikning Toşkent şahar boşqarmasi inspektorlari tomonidan holat örganilgan va dalolatnoma rasmiylaştirilgan.
Unga köra, “Active Asia Gold” tomonidan ekilgan 400 tup olma, 60 tup anor, 190 tup pavloniya, 40 tup katalpa, 30 tup olça, 50 tup gilos, 15 tup behi, 15 tup yonğoq köçatlari yaşil makon platformasiga kiritilgan. Joydagi quriliş işlari jarayonida uşbu 800 ta köçat ildiz qismi bilan yöq qilingani, bu bilan esa tabiatga 943 mln 125 ming söm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.
Eslatib ötamiz, respublikada davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilişiga qarşi moratoriy joriy etilgan bölib, daraxtlarni tegişli ruxsatlarsiz kesiş qat’iyan man etiladi. Bu kabi huquqbuzarliklar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi,
Tasvirçi Nuriddin Nursaidov.











