"Tört faslning har birida sayohat" turistik mavsumlarini oçiş doirasida "Özbekiston böylab sayohat qil!" içki turistik yarmarkasi taşkil etiladi.

Içki turistik yarmarka 2024 yilda Toşkent şahrida Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan, 2025 yildan boşlab esa - respublika hududlarida unda iştirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mablağlari, şuningdek mahalliy budjetlar va qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan ötkaziladi.

Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari iştirokida har yili quyidagilar taşkil etilişi nazarda tutilgan:

● mart va avgust oylarida - Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida B2B ("biznes biznes uçun") va B2C ("biznes iste’molçi uçun") mexanizmlari asosida mintaqaviy içki turistik yarmarkalar;
● dekabr oyida - B2B doirasida milliy turistik yarmarka taşkil etiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● "Özbekiston böylab sayohat qil!" içki turizm yarmarkasini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom;
● 2025 yilda içki turistik yarmarkalarni ötkaziş böyiça tadbirlar rejasi.