The New York Times Hamasning 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil hududiga hujum qiliş, «Hizbulloh» va Eronni bunga qöşilişga köndiriş imkoniyatini muhokama qilgan maxfiy uçraşuvlariga oid protokollarni qölga kiritdi.
Protokollar Hamas siyosiy va harbiy yetakçilari tomonidan ikki yil davomida ötkazilgan 10 ta yiğilişga tegişli bölib, ular Isroil harbiylari tomonidan yanvar oxirida taşkilotning Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus şahrida joylaşgan yer osti qömondonlik punktida ötkazgan tintuvlari davomida kompyuterdan topilgan. NYT jurnalistlari hujjatlarning bir qismini özlari tekşirib, ulardagi ma’lumotlarni sodir bölgan voqealar bilan taqqoslagan, bir qismini esa Hamas faoliyatidan xabardor ekspertlar hamda guruh harbiy qanotining sobiq a’zolariga körsatgan.
Protokollarga köra, yiğilişlarning barçasida Hamasning asosiy yetakçilaridan biri Yahyo Sinvar iştirok etgan (2024 yil iyul oyi oxirida Ismoil Haniya öldirilganidan keyin u siyosiy byuroning yangi yetakçisiga aylangandi). Yiğilişning boşqa iştirokçilari nomi keltirilmagan, ammo Isroil razvedkasi tahlilçilari xulosasida aytilişiça, ular orasida Muhammad Deyf, Marvon Iso va Yahyo Sinvarning ukasi Muhammad Sinvar ham bölgan.
Isroilga hujum uyuştirişga oid ilk qaydlar 2022 yil yanvardagi uçraşuvlarga tegişli va unda mazkur hujum «katta loyiha» deb aytilgan. Hujjatlardan ma’lum bölişiça, avvaliga Hamas hujumni 2022 yilning kuzida amalga oşirişni rejalaştirgandi.
Hamas 2021 yildan beri Isroil bilan yirik töqnaşuvlardan qoçib kelardi — bu 7 oktyabr kungi hujumning samarasini oşirişga qaratilgandi, deya yozadi naşr. Taşkilot rahbariyatining fikriça, bu Isroil hukumatini Hamas Ğazo sektorida «tinçlikni xohlaşi»ga işontirişi kerak bölgan.
Protokollarga köra, 2022 yil aprelida ötkazilgan yiğilişda guruh yetakçilari odatda eng keskin davr böladigan Ramazon oyi jiddiy töqnaşuvlarsiz keçgani, bu esa Hamasga öz niyatini yaşirişda yordam berganini qayd etişgan. Iyundagi uçraşuvda Hamas navbatdagi eskalatsiyadan qutulib qolişga erişgani aytilgan. Bundan taşqari, şu yiğilişda Hamas yetakçisi Yahyo Sinvar birinçi marta Isroilga yirik hujum Ğazo sektorida tinç aholi orasida qurbonlarga olib kelişi mumkinligi haqida eslatgan. 7 oktyabrdan keyin esa Hamasning ayrim yetakçilari tinç aholi orasida katta yöqotişlar bölganini tan olgan, ammo bu falastinliklar «ozodlik uçun tölaşi kerak bölgan tölov» ekanini aytişgan.
NYT’ning yozişiça, 2022 yil sentabrda hujum rejasi deyarli tayyor bölgan. Ammo oxir-oqibat u qoldirilgan. Protokollarda buning sababi keltirilmagan, ammo ularda bir neça bor Hamas rahbariyatining Eron va «Hizbulloh»dan qöllab-quvvatlov oliş borasidagi sa’y-harakatlari haqida söz boradi.
Xususan, 2023 yil iyulida Hamas vakili Livanda Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori martabali qömondoni Muhammad Said Izadiy bilan uçraşgan va undan hujumning ilk soatlarida Isroilning nozik obektlari böylab zarbalar yöllaşni söragan. Izadiy esa Eron va «Hizbulloh» hujumni qöllab-quvvatlaşini, ammo tayyorgarlik uçun ularga köproq vaqt kerakligini aytgan.
Yozuvlarda, şuningdek Hamas Isroilga hujumni «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrulloh bilan uçraşuvda batafsil muhokama qilişni rejalaştirgani aytiladi, ammo bunday uçraşuv bölib ötgani aniq emas. Yakunda Hamas öz ittifoqçilarining umumiy qölloviga işonç hosil qilgan, ammo yolğiz harakat qilişiga töğri kelişi haqida xulosaga kelgan, deya yozadi NYT.
Hujjatlarda Hamasni 2023 yil 7 oktyabr kuni hujum uyuştirişga majbur qilgan sabablar ham keltirilgan. Masalan, ulardan biriga köra, taşkilot Isroil va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlar yaxşilanib borayotganini buziş bölgan. Bundan taşqari, Isroil hukumatining Iordan daryosining Ğarbiy sohiliga örnaşib olgani va Al-Aqso masjidi majmuasi ustidan nazoratni kuçaytirişga bölgan urinişi ham rol öynagan. Hujum 2023 yil oxiriga qadar amalga oşirilişi kerakligiga yana bir argument sifatida Hamas Isroil yangi havo hujumidan mudofaa tizimini işga tuşirişidan oldinroq zarba berişni istagani bölgan.
2023 yil mayida Hamas rahbariyati hujum boşlanişi uçun ikkita ehtimoliy sanani muhokama qilgan — 25 sentabr, bu kuni Isroilda Yom Kipur nişonlanadigan kun («Qiyomat kuni», yahudiylar taqvimidagi eng muhim sanalardan biri), yoki şu yili Simxat Tora bayramiga töğri kelgan 7 oktyabr kuni.
Eron rahbariyati Isroilga 7 oktyabrda uyuştirilgan hujumga qandaydir aloqasi borligini rad etgan. Eronning BMT huzuridagi missiyasi hujum töliq Hamasning Ğazo sektorida joylaşgan harbiy qanoti tomonidan rejalaştirilganini, buni Eron yoki «Hizbulloh»ga boğlaşga urinişlar «işonçga sazovor emasligi va soxta hujjatlarga asoslangani»ni ma’lum qilgan. Bundan taşqari, amerikalik mulozimlar razvedka ma’lumotlariga asoslanib, Eronning asosiy yetakçilari hujumdan ğaflatda qolişgani haqida aytişgandi.
Isroillik harbiylar izoh berişdan boş tortgan. Hamas va «Hizbulloh» ham sörovlarga javob qaytarmagan.













