16 oktyabr kuni Qozoğistonning Manğistau oblastida sodir bölgan ayançli YTH oqibatida Özbekistonning olti nafar fuqarosi halok böldi, yana tört nafari şifoxonaga yotqizildi.
Mahalliy politsiyaga köra, Jac rusumli yengil avtomobil çegaradagi ötiş joyida, yöl çetida töxtab turgan MAN yuk maşinasiga kelib urilgan.
«Maşinada jami 10 kişi bölgan. Ulardan tört nafari Beyneu rayonidagi markaziy şifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli örtaça oğirlikda. Bemorlarga kerakli muolajalar töliq hajmda körsatilmoqda. Hodisa oqibatida 6 kişi halok böldi», — deya xabar bergan Manğistau oblasti içki işlar boşqarmasi.
Qurbonlar va jabrlanganlarning barçasi Jac avtomobilida bölgan.
YTH qatnaşçilari bölgan avtomobillar Özbekistonda röyxatga olingan hamda halok bölganlarning barçasi Özbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Ular Rossiya Federatsiyasidan Özbekistonga qaytayotgan bölgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, Özbekistonning Aqtau şahridagi Boş konsulligiga xabar berilgan.








