Qozondagi bir qator korxonalarning xodimlaridan BRIKS sammiti vaqtida özlarining eski avtomobillarida harakatlanmaslik söraldi, deb xabar beradi The Moscow Times.

«Iş joyiga jamoat transportida keliş, maşinalarni garajda qoldiriş yoki uzoqroqqa, hovlida joylaştiriş tavsiya qilindi», — deydi naşr suhbatdoşi. Uning sözlariga köra, eski va zanglagan avtomobillar BRIKS vaqtida şaharning taşqi körinişini buzib körsatadi.

Qozonda BRIKS sammiti 22-24 oktyabr kunlari bölib ötadi. RF prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, sammitda iştirok etiş uçun 38 ta davlatga taklifnoma yuborilgan bölib, ularning 32 tasi tasdiqlagan — ularning 24 tasining birinçi rahbarlari qatnaşadi. Xitoy raisi Si Jinpin, Hindiston boş vaziri Narendra Modi va Braziliya prezidenti Luis Inatsiu Lula da Silva ham sammitda iştirok etişini bildirgan.

Bundan taşqari, tadbirda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, ŞHT boş kotibi Çjan Min, MDH, YeOII, Ittifoq davlatlari boş kotiblari ham iştirok etadi.

BRIKS sammiti ikki qismdan iborat böladi. Birinçi qism — taşkilotga a’zo davlatlar iştirokida yiğiliş bölib, unda «Adolatli global rivojlaniş va xavfsizlik uçun köp tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş» mavzusi muhokama qilinadi. Ikkinçi qismda esa «BRIKS va Global Janub — birgalikda yaxşiroq dunyoni yaratiş» mavzusi asosiy mavzuga aylanadi.

Uşakovning sözlariga köra, BRIKS sammiti Rossiyada şu paytgaça ötkazilgan eng yirik taşqi siyosiy tadbirga aylanadi.