Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tomonidan ekspluatatsiya muddati tugagan avtomobillarni utilizatsiya qiliş va ularning butlovçi qismlarini qayta işlaş amaliyotini yölga qöyiş töğrisidagi prezident qarori loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.
Hujjat atmosfera havosini muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş, aholi salomatligini asraş, transport vositalaridan çiqadigan zararli moddalar miqdorini kamaytiriş, şuningdek, eskirgan avtomobillarni utilizatsiya qiliş va ularning qismlarini qayta işlaşning samarali tizimini yaratişga qaratilgan.
Loyihaga köra, 2027 yil 1 yanvardan boşlab, işlab çiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bölgan avtomobil egalari yiliga bir marta bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari (12 mln 360 ming söm) miqdorida ekologik kompensatsiya tölaşlari kerak böladi.
Tizim bosqiçma-bosqiç: 2026 yildan boşlab M1 toifasidagi transport vositalari (yengil avtomobillar), 2027 yildan boşlab M2, M3, N1, N2 va N3 toifalaridagi mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari, 2030 yildan esa barça turdagi ğildirakli transport vositalari uçun joriy etiladi.
Şuningdek, «zararli» ekologik toifaga kiritilgan transport vositalaridan foydalaniş va ularni qayta röyxatdan ötkazişni taqiqlaş taklif etilmoqda. Bunday avtomobillar (antikvar avtotransport vositalari bundan mustasno) davlat röyxatidan çiqariladi.
Loyiha muhokamasi 28 iyungaça davom etadi.












