Diplomatik tadqiqotlar instituti tomonidan ingliz va arab tillarida taqdim etilgan kitoblar zamonaviy diplomatiya, siyosat, iqtisod, falsafa, Yaqin Şarqdagi jarayonlar, mintaqadagi davlatlar tarixi va köp yillik muammolarni hal qiliş istiqbollari kabi mavzularni qamrab olgan.

Şuningdek, musulmon olamidagi eng qadimiy va eng nufuzli oliygohlardan hisoblangan "Al-Azhar aş-Şarif" diniy majmuasi esa "Al-Azhar" universitetida talabalarga öqitiladigan qimmatli adabiyotlar, muqaddas Islom dini va ma’naviyatga çorlovçi qöllanmalarni taqdim etdi.

Mazkur jamlanma holidagi kitoblar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Şarm-al-Şayx – Toşkent yönalişidagi aviaqatnovi orqali mamlakatga yetkazildi.

Uşbu kitoblar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, uning huzuridagi Diplomatik akademiya va Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga taqdim etiş rejalaştirilgan.