16 oktyabr kuni Qozoğistonning Manğistau oblastida sodir bölgan ayançli YTH oqibatida Özbekistonning olti nafar fuqarosi halok bölgani xabar berilgandi. Jac rusumli miniven çegaradagi ötiş joyida, yöl çetida töxtab turgan MAN yuk maşinasiga kelib urilgan YTHda, şuningdek, yana tört nafar özbekistonlik şifoxonaga yotqizilgan edi.

Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, YTHda halok bölganlarning 2 nafari hamda şifoxonaga tuşgan jabrlanuvçilarning 2 nafari voyaga yetmagan bolalar bölgan.

“Hozirgi kunda 6 ta mayitning qarindoşlari bilan aloqaga çiqilgan, ular Qozoğistonga kelyapti. Jasadlarni şaxsiga aniqlik kiritiş protseduralari yakuniga yetmoqda, ular 1-2 kun içida Özbekistonga qaytariladi. Vafot etganlar barçasi Xorazm viloyatidan, şuningdek, ularning 2 nafari voyaga yetmagan bolalar bölgan.

Ayni vaqtda kasalxonada bölib turgan 4 nafar Özbekiston fuqarosining (2 nafari bolalar) ahvoli yaxşi, ularga barça yordamlar körsatilyapti. Ular soğayişi bilan Özbekistonga qaytariladi. Özbekistonning Aqtou şahridagi Boş konsulxonasi vaziyatni nazoratiga olgan hamda mahalliy hokimiyat vakillari, jabrlanuvçilarning oila a’zolari bilan aloqada bölib turibdi”, — deyiladi TIV taqdim qilgan ma’lumotda.