2030 yilgaça iqtisodiyot oldiga qöyilgan ulkan vazifalar, vazir örinbosarining yangi lavozimi, gaz va elektr öğirlagan metan zapravkalar — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Özbekiston eng tez ösayotgan uç iqtisodiyotdan biri 

Jahon banki 2024 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez ösayotgan mamlakatlar Gurjiston, Tojikiston va Özbekiston ekanini qayd etdi. 

2025 yil böyiça prognozlar Özbekiston yalpi içki mahsulotning 5,8 foizga ösişi orqali mintaqada iqtisodiy ösiş böyiça yetakçi öringa çiqib olişi mumkinligini körsatmoqda.

Masalan, Rossiyada iqtisodiy ösiş sur’atlarining 2024 yilda 3,2 foizgaça va 2025 yilda 1,6 foizgaça pasayişi kutilmoqda.

Mintaqaning Rossiyadan keyingi eng yirik iqtisodiyoti bölgan Turkiyada iqtisodiy ösiş 2023 yildagi 5,1 foizdan 2024 yilda 3,2 foizgaça sekinlaşişi kutilmoqda.

2030 yilgaça YaIM 200 mlrd dollarga yetkaziladi

Prezident yalpi içki mahsulot hajmini 2030 yil yakunlariga köra 160 mlrd emas, 200 mlrd dollarga, jon boşiga YaIMni esa 4000 emas, 5000 dollarga yetkaziş imkoniyatlari borligini ta’kidladi, deya ma’lum qildi iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ilhom Norqulov.

Bu körsatkiçlarga erişiş uçun Özbekiston iqtisodiyoti keyingi 6 yilda örtaça 10 foizdan ösişi kerak.

Norqulovning sözlariga köra, inflatsiya böyiça prognozlar ham qayta körib çiqilgan.

«Prezidentimiz tomonidan davlat budjeti taqçilligini 3 foizgaça tuşiriş, inflatsiya darajasini 7 foizdan oşirmaslik vazifasi qöyildi. Inflatsiya 2026 yilda 5-6 foiz darajasida saqlanişi va 2027 yildan boşlab 5 foiz va undan past bölişi kutilyapti», — dedi vazir örinbosari.

Norqulov 2024 yil yakunlari böyiça YaIM hajmi 111 mlrd dollarga yetişi kutilayotganini aytdi.

2030 yilga borib Özbekiston 200 mlrd dollarlik YaIMga ega böliş uçun YaIM yiliga taxminan 10,3 foizdan ösişi kerak. Bu Jahon banki, Xalqaro valuta jamğarmasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro taşkilotlarning yaqin yillar uçun eng optimistik kutilmalaridan ham ança yuqori körsatkiç hisoblanadi.

Özbekiston harbiy tuzilmalarga qöşilmaydi

Özbekiston heç qanday harbiy tuzilmalarga qöşilmaydi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvçi davlat sifatida qoladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Toşkentda ötkazilgan Xalqaro şeriklik taşabbuslari haftaligi oçilişida ma’lum qildi.

«Konstitutsiyamizning birinçi moddasida Özbekiston suveren davlat ekani qayd etilgan. Agar biz har qanday harbiylaştirilgan mudofaa tuzilmalari va taşkilotlariga qöşiliş haqida gapiradigan bölsak, unda yöq, biz bunga yöl qöymaymiz. Biz yigitlarimizni heç qaçon harbiy missiyalarni, şu jumladan tinçlikparvarlik missiyalarini bajariş uçun xorijga yubormaymiz. Hududimizda xorijiy harbiy bazalar bölmaydi», — dedi vitse-spiker.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyaga kelsak, bu taşkilotda Özbekiston uçun kuzatuvçi davlat maqomi köproq mos keladi, dedi Saidov.

Usmon Şarifxöjayev boşqa işga ötdi

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev Özbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori örinbosari etib tayinlandi.

U 2020 yildan xalq ta’limi vaziri birinçi örinbosari, 2023 yilgi «adminreforma»dan keyin maktabgaça va maktab ta’limi vaziri birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Usmon Ulfatoviç Şarifxöjayev 1986 yil 9 iyul kuni Toşkent şahrida tuğilgan. 2007 yilda Toşkent moliya instituti va 2011 yilda Xalqaro Vestministr universitetini tamomlagan.

Gaz va elektr öğirlagan metan zapravkalar aniqlandi

Toşkent şahri va Samarqand viloyatida 4,8 milliard sömlik energiya resurslarini öğirlagan avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari aniqlandi.

Boş prokuratura huzuridagi departament xabariga köra, «B» MÇJ rahbari T.A. va boşqalar MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida örnatilgan gaz hisoblagiçga taşqi ta’sir ötkazib, jami 1,5 million metr kub tabiiy gazni öğirlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,7 milliard söm zarar yetkazgani aniqlangan.

Şuningdek, Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi «M.G.» MÇJ rahbari S.R. gaz töldiriş şoxobçasida örnatilgan elektr hisoblagiçning ulaniş sxemasini özgartirib, tijorat maqsadida 2,1 milliard sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Nazorat tadbirlarida Samarqand tumanida joylaşgan «D.» MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida örnatilgan gaz hisoblaş uskunasining manifold qurilmasiga taşqi ta’sir ötkazilib, gaz ta’minoti korxonasiga 6,6 mlrd sömlik zarar yetkazilgani ham aniqlangan.