Xalqaro energetika agentligining (XEA) ta’kidlaşiça, konditsionerlardan foydalanişning ortib borişi kelgusi ön yillikda dunyo elektr tarmoğiga yuklamalarni keskin oşiradi va kutilmagan oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkin. Bu haqda FT yozdi.
Energiya xavfsizligini nazorat qiluvçi XEA tadqiqotçilarining ta’kidlaşiça, rivojlanayotgan mamlakatlarda daromadlar ortib borişi va iqlim özgarişi tufayli uy konditsionerlaridan foydalaniş köpayadi, mos ravişda elektr quvvatiga bölgan talab ham keskin oşadi.
Uşbu prognoz XEA tomonidan e’lon qilingan World Energy Outlook hisobotida keltirilgan. Unda aytilişiça, havoni sovutiş uçun 2030 yilga borib 697 teravatt-soat (TWh) qöşimça elektr energiyasini talab qilinadi, bu esa kompyuter ma’lumotlar markazlarining qöşimça talabidan uç barobar köproq. Şuningdek, XEA ma’lumotlariga köra, elektr transport vositalari uçun qöşimça 854 TWh energiya talab qilinadi.
Qayd qilinişiça, AQŞ va Yaponiyada uy xöjaliklarining 90 foizi konditsionerga ega, ammo bu Nigeriyada 5 foiz, Indoneziyada 15 foiz va Hindistonda 20 foizdan kam. Biroq, daromad darajasining oşişi va iqlim özgarişi ta’sirining kuçayişi bilan odamlar konditsioner sotib olmoqda va bu elektr quvvatiga bölgan talabning oşişiga ta’sir qiluvçi asosiy omil sanaladi.
XEA hisobotiga köra, 2050 yilga borib, turar-joy konditsionerlari uçun energiya iste’moli 280 foizga ösişi kutilmoqda. Şu davrda konditsionerlarning umumiy energiya iste’molidagi hissasi 14 foizga yetadi, bugungi kunda bu körsatkiç 7 foizdan kam.
Konditsionerlar bozori ösişining katta darajasi rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz beradi va XEA iqlim özgarişi tez-tez issiqlik tölqinlariga olib keladigan bölsa, talab yanada yuqori bölişi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
XEA global elektr energiyasiga bölgan talab har yili 1000 TWh miqdorida oşib borayotganini ta’kidladi, bu Yaponiyaning bir yillik iste’moliga teng.












