1975 yilda sovet taşqi razvedka idorasining Nyu York bölimiga general mayor Yuriy Drozdov rahbar etib tayinlanadi. Bungaça u «madaniy inqilob»dan söng SSSR bilan munosabatlarni sovitgan Xitoyda işlagandi.

Drozdov Nyu Yorkka yetib borganidan söng taşqi razvedka xizmati, KGB xodimlari va BMTdagi sovet vakillarining amerikaliklar bilan apoq-çapoq bölib yurganiga guvoh böladi.

Şundan söng general şubhali xatti-harakatlar qilayotgan xodimlarning röyxatini tuzadi va ularni doimiy kuzatuv ostiga oladi.

Drozdovning öylaşiça, amerikaliklar bilan «döstona» munosabatda bölayotgan josuslar yoki elçixona vakillari xoinlik qilayotgan bölişi mumkin edi.

Öşanda general adaşmagandi. SSSRning BMTdagi vakili, taşkilot boş kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Arkadiy Şevçenko ançadan buyon Amerika xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilib kelayotgandi.

Foto: dzen.ru

Amal pillapoyalaridan tez kötarilgan diplomat

Arkadiy Şevçenko 1930 yilda Donetsk oblastining Gorlivka şahrida tuğiladi. Keyinroq uning oilasi Qrimdagi Yevpatoriya şahriga köçib ötadi.

U 1949 yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutiga öqişga kiradi va 1954 yilda qizil diplom bilan bitiradi.

Söng aspiranturada tahsil oladi va dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqlaydi. Şu tariqa u yuridik fanlari nomzodiga aylanadi. Köp ötmay 25 yoşli Arkadiy SSSR taşqi işlar vazirligiga işga ötadi.

Oddiy bir yigitning birdaniga taşqi işlar vazirligiga işga kirişi tasodif emasdi. Gap şundaki, Arkadiy institutda öşa paytda SSSR taşqi işlar vaziri lavozimida işlagan Andrey Gromikoning öğli Anatoliy bilan tanişib, döstlaşgan edi.

Anatoliy özidan ikki yoş katta bölgan iqtidorli talabani bir neça marta uyiga olib borgan va Arkadiy Andrey Gromiko bilan şu taxlitda tanişgan edi.

Şevçenko aspiranturani bitirgaç, Andrey Gromiko uni yoniga çaqirib oladi va TIVning xalqaro taşkilotlar bilan işlaş bölimiga işga joylab qöyadi.

Keyinçalik Arkadiyning xotini Andrey Gromikoning xotini bilan döstlaşadi va ikki oila örtasidagi riştalar yanada çuqurlaşadi.