Istanbul prokuraturasi 21 nafar çaqaloqning ölimiga sabab bölgan noqonuniy faoliyatda ayblanayotgan bir guruh şifokorlar uçun 10 yildan 589 yilgaça qamoq jazosini talab qildi. Hürriyet gazetasi xabar qilişiça, jinoyatçi guruh a’zolari yangi tuğilgan çaqaloqlarni davlat tibbiyot muassasalariga emas, balki xususiy klinikalarga yönaltiriş bilan şuğullangan.
Tergov ma’lumotlariga köra, jinoiy tarmoqqa Istanbulning Esenyurt kasalxonasida işlagan pediatr Firat Sara rahbarlik qilgan. Ayblov xulosasida aytilişiça, gumonlanuvçilar bolalarni özlari bilan oldindan kelişilgan xususiy tibbiyot markazlariga ötkazgan. Bunday bölimlarda çaqaloqlar belgilangan muddatdan bir neça barobar köproq vaqt qolişgan, bu esa davolaniş xarajatlarini uç-tört barobarga oşirgan.
OAV bu işda iştirok etgan 19 ta xususiy klinika röyxatini e’lon qildi. Iş böyiça jami önlab şaxs gumonlanuvçi sifatida körilmoqda.
Çaqaloqlarning ölimi zarur mutaxassislarga ega bölmagan bolalar bölimlarida infeksiyalar tarqalişi bilan boğlanmoqda. Ba’zi hollarda çaqaloqlarga özini şifokor deb körsatgan hamşiralar qaragan. Guruh a’zolariga qarşi ayblovlar qatorida kasalxonalar uçun möljallangan dori-darmonlarni sotiş ham bor.
Jinoiy guruh rahbari qasddan qilinmagan qotillik, hujjatlarni qalbakilaştiriş, firibgarlik va jinoiy guruh taşkil etiş aybi bilan 589 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Guruhning boşqa a’zolari esa 10 yildan 437 yilgaça qamoq jazosiga tortilişi kutilmoqda.








