Britaniya hukumati qul savdosi uçun tovon tölaş böyiça munozarani davom ettiriş niyatida emas, dedi boş vazir Kir Starmerning matbuot kotibi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avvalroq, Karib havzasi hamjamiyatining reparatsiya komissiyasi (CARICOM) raisi Xilari Bekls Britaniyaning tovon tölaş böyiça pozitsiyasi yangi leyboristlar ma’muriyati tufayli özgarişi mumkinligiga umid bildirgan edi. Biroq Starmer vakilining aytişiça, bu mavzu kun tartibida emas.
«Biz kompensatsiya tölamaymiz. Keçirim söraş böyiça pozitsiya ham özgarişsiz qolmoqda. Biz uzr söramaymiz», dedi vakil.
Britaniyaning mustamlakaçilik davri uç asrdan ortiq davom etgan. Uning mustamlakalari orasida zamonaviy Kanada, Hindiston, Janubiy Afrika, Misr va Karib dengizi orollari bor edi. Britaniya qul savdogarlari XVI asr örtalaridan boşlab transatlantik savdoda eng muhim rollardan birini öynagan va tez orada bu borada Ispaniya va Portugaliyani ortda qoldirgan. Turli hisob-kitoblarga köra, bir neça yuz yil davomida Yevropa mamlakatlari Afrika qit’asidan 20 milliondan ortiq odamni köçirgan va keyinçalik ularni qullikka sotgan. Faqat 1807 yilda Britaniya parlamenti qul savdosini taqiqlaş töğrisidagi qonunni qabul qildi.
2023 yilda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş sobiq mustamlakaçi davlatlarni qul savdosi uçun moliyaviy kompensatsiyalarni körib çiqişga çaqirgan edi.












