Hindiston aviakompaniyalari bir sutka içida içki hamda taşqi reyslarga bomba qöyilgani böyiça 50 ga yaqin yolğon xabarlarni oldi. Bu haqda aviataşuvçilarning ma’lumotlariga tayanib, The Economic Times agentligi xabar berdi.

Air India aviakompaniyasi tomonidan amalga oşiriladigan reyslarga sutka davomida bortda portlaş sodir bölişi mumkinligi töğrisida 13 ta tahdid kelib tuşgan. Akasa Air va Vistara kompaniyalari esa bu turdagi xabarlardan mos ravişda 12 hamda 11 ta qabul qilgan.

Ma’lumotlarga köra, aviataşuvçilar holat böyiça tegişli organlarni zudlik bilan xabardor qilgan va zarur xavfsizlik çoralarini körgan. Samolyotlarning barçasi qönişni muvaffaqiyatli amalga oşirgan, yölovçilardan heç kimga jarohat yetmagan. Aeroportlarda portlovçi qurilmalarni qidiriş böyiça ötkazilgan tekşiruvlar davomida samolyotlardan heç narsa topilmagan.

Hindistonda avialaynerlardagi teraktlarga oid yolğon ma’lumotlar 14 oktyabrdan boşlab kelib tuşmoqda. Ayni vaqtda qadar samolyotlar bortiga bomba qöyilgani töğrisida 140 ta yolğon xabar berilgan. Ular ham içki, ham xalqaro yönalişda uçadigan havo kemalariga tegişli. Oxirgi hafta davomida bunday xabarlar qator parvozlarning bekor qilinişiga, şuningdek, uçayotgan samolyotlarning yönalişi özgartirilişiga sabab böldi. Mahalliy hukumat tahdid manbalarini qidiriş bilan şuğullanmoqda.

Hindiston hukumati yolğon ma’lumot tarqatayotgan insonlarni töxtatiş va aybdorlarni jazolaş maqsadida qator yangi qonunçilik normalarini işlab çiqiş niyatida.