Hindiston boş vaziri Narendra Modi yana bir bor uning mamlakati Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça Moskva va Kiyev örtasidagi muzokaralarda vositaçi bölişga tayyorligini bildirdi. «Biz tinçlik va barqarorlikning tezroq tiklanişini töliq qöllab-quvvatlaymiz», dedi u 22 oktyabr, seşanba kuni Qozondagi BRIKS sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv çoğida.
Modi «muammolar tinç yöl bilan hal qilinişi kerak»ligini ta’kidladi. Hindiston hukumati rahbarining ta’kidlaşiça, Hindiston uçun gumanitar jihat muhim rol öynaganligi sababli, u barça tomonlar bilan aloqani davom ettiradi va kelajakda uruşni tugatiş uçun «har qanday yordamni körsatişga» tayyor. Modi Vladimir Putin bilan keyingi muloqoti çoğida Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari mavzusini çuqurlaştiriş niyatida ekanini qöşimça qildi.
Kuzatuvçilar ta’kidlaşiça, BRIKS sammitining Qozonda ötkazilişi Rossiya rahbariyati uçun Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi davom etayotganiga va bu borada Ğarb tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qaramay, xalqaro siyosiy maydonda yakkalanib qolmaganligining belgisi sifatida muhim ahamiyatga ega.
«Ukrainadagi mojaro boşlanganidan beri Nyu-Dehli diplomatik tor ipdan yurişga harakat qilib, Kiyevga gumanitar yordam körsatmoqda va şu bilan birga Rossiya hujumini töğridan töğri qoralaşdan qoçyapti», — deya ta’kidlaydi AFP.
Narendra Modi şu yilning iyul oyida Moskvaga, avgust oyida esa Kiyevga taşrif buyurgan edi. Uşbu safarlar davomida u urişayotgan tomonlar örtasidagi muzokaralarda vositaçi rolini ham taklif qildi.












