Hozirgi kunda yer yuzida özbek tilida sözlaşuvçilar soni 60 milliondan oşdi, xorijiy davlatlardagi 50 dan ortiq oliy öquv yurtida özbek tili örgatilmoqda. Biroq Özbekistonda davlat tili mavqeyi, uning obrösi haqida faqat bir sana — 21 oktyabr kuni gapiriladi. Kun.uz nega davlat tili faqat bir kun eslanadigan holatga kelganini tahlil qiliş uçun jamoatçilik faollariga mikrofon tutdi.

Özbekiston mustaqilligiga 33 yil, özbek tilining davlat tiliga aylanganiga esa 35 yil töldi. Lekin ona tilining mavqeyi uçun hali faxrlanadigan natijalarga erişganimiz yöq. Jamiyatda özbek tili emas, özga tillarda gapirganlarga madaniyatli va ziyoli deb qaraş kayfiyati davom etmoqda.

ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja özbek tili oldida qarzlarimiz köpligini, uzoq yillar ona tilimiz qoronği xonada taqiqlar içida qolganini ta’kidlaydi. “Özbek tilining ilmiy rivojlanişi uçun asoslarni kesib taşlaşdi, boşqa ajnabiy tillarga ustuvorlik berildi”, — deydi rektor.

Jurnalist Gulnoza Husanova özbek böla turib har bir gapiga ikkita xorijiy sözlarni qöşib gapiruvçilardan ğaşim kelişini aytadi:

“Özbek tilini onaga qiyoslab, ona tili deymiz. Men bir neça xorijiy tillarni biladigan odamlarni hurmat qilaman. Lekin özbek böla turib har bir gapiga ikkita xorijiy sözlarni qöşib gapiruvçilardan ğaşim keladi. Jurnalist bölganim uçun köp parvoz qilaman, lekin har safar rusça talaffuz bilan özbek tilida sözlovçi bort kuzatuvçilaridan jahlim çiqadi. Nahotki, özbek böla turib, ikki oğiz gapni eplab gapirolmaydi. Nega aviakompaniya bunday xodimlarni işga olişdan avval ularning özbek tilidagi savodxonligini tekşirmaydi?”, — deydi jurnalist.

Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerboyev “Sovet ittifoqidan qolgan kampaniyabozlik haliyam davom etmoqda, til haqida 21 oktyabr til bayramida gapiramiz”, — deya ta’kidlaydi. Uning qöşimça qilişiça, odamlarning özbek tiliga rus tilidagi sözlarni qöşib gapirişi – uzoq yillik mustamlakaçilik siyosati oqibati.

“Lekin davlat tilini bilmaslik, qonun-hujjatlarda, rasmiy iş yuritişda özbek tilining çeklanişi – qabul qilib bölmaydigan holat. Hattoki, qonunlar ikki tilda qabul qilingan va asosiy manba sifatida rus tilidagi variantga qaralgan. Rus tilidagi qonun birinçi tayyorlangan va keyin özbek tiliga tarjima qilingan. Qandaydir tuşunmovçilik bölsa, rus tilida töğrilangan va keyin ona tilimizga köçirilgan. Deputatlik vaqtimda bu holat mening juda jahlimni çiqarardi. Bizda yuqori darajadagi rahbarlar rus tilida muloqot qilgani uçun şunday qabul qilinardi va xalq irodasi inobatga olinmagan. Masalan, bir qonunni özgartirganmiz. Özbek tilidagi versiyasi töğri, lekin rus tilidagisining bir sözi xato ketib qolgan ekan. Şuning uçun alohida qonun qabul qilingan”, — deydi Kuşerbayev.

Gulnoza Husanova fikriça, til bu siyosiy tuşunça. Millatning birligi va borligi tilning ahamiyati va mavqeyi bilan ham ölçanadi. Şerzodxon Qudratxöja esa davlatning zodagon elitasi özbek tilida gapirişi lozimligini qöşimça qildi. Bundan taşqari rektor şahar köçalaridagi e’lonlarning özga tillarda ekani, ovqatlaniş şoxobçalarida özbek tilida emas, asosan çet tilida taomnomalar bölişi, turli xizmat körsatiş kompaniyalarining xodimlari davlat tilida gapirişni istamasligini jiddiy tanqid qildi.

Faollar bilan suhbatni töliq şaklda Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.

Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.