CNN’ning Turkiyadagi bölimi Anqaradagi portlaş va otişma haqida xabar tarqatdi.
Euronews ma’lumotiga köra, terrorçilar TUSAŞ aviakosmik kompaniyasining işlab çiqariş obektiga bostirib kirgan. «Bizga bu terrorçilik akti ekani va öz joylarimizni tark etmasligimiz kerakligini aytişdi», — deya manbaning sözlarini keltirgan telekanal.
Kahramankazan tumani hududida terakt röy berganini Turkiya IIV rahbari Ali Yerliqoya ham tasdiqlagan. U terakt oqibatida qurbonlar va yaralanganlar borligini bildirgan.
Manbalar kamida uç kişi halok bölganini xabar qilmoqda, ulardan biri nazorat-ötkaziş joyida turgan qöriqçi bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga köra, jinoyatçilar binoga kiriş joyiga taksida yetib kelgan, şundan keyin portlaş röy berib, otişma boşlangan.
Katta ehtimol bilan, terrorçilardan biri özini portlatgan, qolganlari otişma uyuştirgan.

Ayni vaqtda hududda otişma davom etmoqda, voqea joyida politsiya bölinmasi harakatlanmoqda.
Tarmoqlarda hujum qilganlardan birining kuzatuv kamerasiga tuşib qolgan tasviri tarqalgan. U turniketlardan oşib ötib, içkariga harakatlangan.
Turkiyaning NTV telekanali terrorçilar xodimlarni garovga olganini taxmin qilmoqda. Ular avtomat va töpponçalar bilan qurollangan va yonida köp miqdorda öq-doriga ega bölişi mumkin.








