Qöşma Ştatlar Rossiya moldovaliklarning öz rahbarlarini tanlaşdagi suveren huquqidan foydalanişiga yana tösqinlik qilişga urinib körişidan xavotirda. Bu haqda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi arafasida ma’lum qildi. Uning 22 oktyabr, seşanba kuni aytgan sözlarini Davlat departamenti matbuot xizmati keltirdi.
«Rossiya Moldovada saylovlar va referendumni buziş va demokratiyaga putur yetkaziş uçun hamma narsani qildi, şu jumladan noqonuniy moliyalaştiriş va ovozlarni sotib oliş, dezinformatsiya va zararli kiberhujumlar orqali», dedi Amerika diplomatiyasi rahbari bu mamlakatda 20 oktyabrda bölib ötgan ovoz beriş haqida. Öşa kuni prezidentlik saylovlari va Kişinyovning Yevropa integratsiyasi yönalişini konstitutsiyaviy mustahkamlaş böyiça referendum ötkazildi.
Moldovada saylovlarda ovozlarini «sotgan» fuqarolar jarimaga tortildi
20 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari, şuningdek, konstitutsiyada Yevropa Ittifoqiga qöşiliş maqsadini mustahkamlab qöyiş zarurligi böyiça referendum bölib ötgan Moldovada 23 oktyabr kuniga qadar Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy markazi politsiyadan «passiv saylov korrupsiyasi» holatlari haqida 350 ta xabar oldi. Departament saytida xabar qilinganidek, uşbu qoidabuzarlik munosabati bilan jami 1 million leyga yaqin (konvertatsiya qilinganda: 52 000 yevro) jarima solingan.
Qayd etilişiça, Moldova qonunçiligida «passiv saylov poraxörligi»ga «saylovçi tomonidan har qanday şaklda tovarlar, xizmatlar yoki imtiyozlarni şaxsan yoki vositaçi orqali talab qiliş, qabul qiliş yoki oliş şaklidagi huquqbuzarlik» sifatida qaraladi. Bunday huquqbuzarlik uçun jarima 25 ming leydan 37 500 ley (1299 — 1949 yevro)gaça böladi.












