Bu galgi saylovlarda siyosiy partiyalar tomonidan körsatilagan deputatlikka nomzodlarning 616 nafari nogironligi bölgan şaxslar ekanligi saylovlarning inklyuzivligini körsatmoqda.
Şuningdek, saylov komissiyalari tarkibida 1 343 nafar nogironligi bölgan şaxslar vakillari faoliyat körsatib kelmoqda.

Tahlillarga köra, respublika böylab saylovçilar orasida 832 ming nafar nogironligi bölgan şaxslar borligi hamda ularning 105 ming nafari bölajak saylovda iştirok etişi uçun özgalar kömagiga muhtoj ekanligi aniqlangan.
Şundan kelib çiqib, saylovlarda mustaqil iştirok eta olmaydigan har bir saylovçiga ovoz berişga kömaklaşiş uçun 16 mingga yaqin volontyorlar biriktildi.

E’tiborlisi şundaki, nogironligi bölgan şaxslarni saylovdagi iştiroki uçun tegişli infratuzilmaviy şaroitlar yaratilmoqda. Xususan,
– ovoz beriş xonalariga maxsus jihozlangan yaşirin ovoz beriş kabinalari joylaştirildi;
– közi ojiz va zaif köruvçi saylovçilar mavjud bölgan saylov uçastkalari optik lupalar bilan ta’minlandi;
– barça saylov uçastkalari Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar bilan ta’minlandi;
– uçastka binolari nogironlar aravaçasiga moslaştirilgan nişab yölaklari (panduslar) yoki “yordamga çaqiriş” tugmasi bilan jihozlandi.
Bundan taşqari, saylovga oid axborotlarda surdo tarjima, subtitr yozuvi, Brayl alifbosi va boşqa şakllar orqali yetkazilib kelinmoqda.













