Heç bir hujum Turkiyaning hal qiluvçi mavqeyiga va mamlakatning içki mudofaa sanoati rivojlanişiga tösqinlik qila olmaydi. Bu haqda Turkiya aviatsiya va kosmik sanoati kompaniyasi (TUSAŞ) boş direktori Mehmet Demiröğli Anqaradagi inşootga uyuştirilgan hujumni izohlar ekan aytib ötdi.

TUSAŞ boş direktori Anqaradagi muassasada sodir etilgan terakt oqibatida insonlarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarga tezroq soğayib ketişini tiladi.

«Anqaraning Qahramankazan tumanidagi kampusimizga uyuştirilgan terror hujumini qattiq qoralayman», — deb yozdi Demiröğli ijtimoiy tarmoqda.

«Heç qanday hujum mamlakatimizning hal qiluvçi mavqeyi va milliy mudofaa sanoati rivojiga tösqinlik qila olmaydi. Biz bu kabi xurujlarga qarşi birdamlik va hamjihatlikda turib, yurtimiz kelajagi uçun bor kuçimiz bilan işlaşda davom etamiz», dedi u.

Avvalroq Turkiya içki işlar vaziri Ali Yyerlikaya Turkiyaning TUSAŞ aerokosmik kompaniyasi obektida sodir etilgan terakt oqibatida 5 kişi halok bölgani, yana 22 kişi jarohatlanganini ma’lum qilgandi.