Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratişga va uni Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan tölaşga rozi böldi.

Yevropa Kengaşi Ukrainaga 35 milliard yevrogaça bölgan miqdorda makromoliyaviy yordam va G7 majburiyatlarini bajariş uçun yangi kredit mexanizmini ma’qulladi, deya xabar bermoqda YeI oliy siyosiy organi matbuot xizmati.

Ukrainaga 35 milliard yevrogaça bölgan imtiyozli makromoliyaviy yordam krediti taqdim etiladi va Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan mablağ kreditni tölaş uçun işlatiladi, deyiladi xabarda.

Yevropa Kengaşining ta’kidlaşiça, paket Ukrainaning şoşilinç moliyaviy ehtiyojlarini qondirişga qaratilgan.

Qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga beradigan kreditni moliyalaştiriş uçun zarur bölgan qarzlar Ittifoq budjeti tomonidan kafolatlanadi.

Iyun oyida «Katta yettilik» davlatlari yetakçilari garov sifatida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foydadan foydalangan holda Ukrainaga 50 milliard dollar (taxminan 45 milliard yevro) miqdorida kredit berişga kelişib oldilar.