Turkiya huquq-tartibot idoralari Anqaradagi terakt ijroçilarini aniqladi. Ular Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) a’zolari bölib çiqdi. Uşbu partiya Turkiyada terrorçi taşkilot sifatida tan olingan.
«Hujum qilgan va öldirilgan terrorçining şaxsini aniqladik. Xoin Rojger laqabli KIP a’zosi Ali Örek bölib çiqdi», deb yozdi Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerliqoya ijtimoiy tarmoqda.
Içki işlar vazirligi teraktda iştirok etgan ayolning ham şaxsini aniqladi.
«Xoin KIP a’zosi Mine Sevjin Alçiçek bölib çiqdi. Şunday qilib, ikkala hujumçi ham KIP a’zosi», deb yozdi vazir.
23 oktyabr kuni Anqaraning Qahramonqozon tumanidagi TUSAŞ aviatsiya zavodiga hujum uyuştirildi. Avvaliga bino yaqinida portlaş sodir böldi, şundan söng qurollangan jangarilar odamlarga qarata öq uzdi. Oqibatida 5 kişi halok böldi, 22 kişi yaralandi. Turkiya Içki işlar vazirligi ikki terrorçi yöq qilingani haqida xabar berdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan terrorçilik tahdidlariga qarşi kuraşni davom ettirişga va’da berdi. Şu kuni mamlakat Mudofaa vazirligi Iroq va Suriyadagi Kurdiston işçilar partiyasiga tegişli 32 ta nişon yöq qilingani haqida xabar berdi.








